Bilasizmi?

Dzyudochi Rishod Sobirov bronza medali sohibi bo‘ldi

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonlik dzyudochi Rishod Sobirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb yozmoqda Sputniknews-uz.com.

Sportchi uchun bu uchinchi Olimpiya bronza medalidir. 2008 yil Pekin va 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham, 60 kg vazn toifasida Rishod bronza medali sovrindori bo‘lgan edi.

3495195

O‘tgan ikki olimpiada g‘alabasidan keyin trenerlar shtabi Rishodni og‘irroq vazn toifasiga — 66 kilogrammgacha  bo‘lgan sportchilar kategoriyasiga o‘tkazadi. Dastavval sportchi ushbu vazn toifasida unchalik muvaffaqiyatga erishmagan edi. Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan to‘rt yil davomida Rishod Sobirov yangi vaznga o‘rganib,  Olimpiya o‘yinlariga muvaffaqiyatli tayorgarlik ko‘rgan. O‘zining uchinchi Olimpiya bronza medali tufayli Rishod Sobirov o‘zbek dzyudosi tarixida o‘z nomini abadiy qoldirdi.

Olimpiadaning birinchi kuni O‘zbekistonlik dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev 60 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

3495470

Olimpiadaning ikkinchi kuni O‘zbekiston uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi desak ham bo‘ladi. O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniyalik David Ferrerga 6:2, 6:1 hisobda yutqizdi.

Stol tennisi bo‘yicha jamoa a’zosi Zohid Kenjayev ham Britaniyalik Liam Pitchfordga 4:1 hisobda boy berib musobaqani tark etdi.

Faqat boks jamoasi vakili Shaxram G‘iyosov 69 kg vazn toifasida o‘zining Ispaniyalik raqibi Sisoko Ndaye ustida 3:0 hisobda ishonchli g‘alabaga erishdi. G‘iyosovning keyingi jangi Litvalik Eymantas Stanionis bilan 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.