Bill Geyts (Misrosoft kompaniyasining asoschisi)
- Kerakli vaqtda kerakli loyiha bilan chiqish juda muhim;
- Taqlid qilish (imitatsiya) ba’zan kashf qilishdan (innovatsiyadan) foydaliroq. Ammo faqat ba’zan;
- Agar qanaqadir yangi narsa o‘ylab topolmasangiz, unda yangini qo‘llab-quvvatlaydigan biron narsa o‘ylab toping;
- Imkoniyatlarni mustaqil qidirib toping - ular o‘z-o‘zidan topilib qolmaydi;
- Shunday narsa yaratingki, o‘zidan iz qoldirsin;
- Birinchilardan bo‘lish muhim emas;
- Hayot adolatsiz, bunga ko‘niking;
- Kundalik reallik haqida ham o‘ylab turing;
- Raqobat haqida qayg‘urmang. Lekin umuman esdan ham chiqarib yubormang.
Stiv Jobs (Apple kompaniyasining asoschisi)
- Ijodkorlik va yaratuvchanlik - bu siz xohlagan ish;
- Ideallikka erishib bo‘ladi;
- Odamlarga o‘zlari xohlagan narsani bering;
- Qarashlaringiz biznesingizga ta’sir ko‘rsatadi;
- Aqlli odamlar bilan do‘st tutining;
- Foydali faoliyat - muvaffaqiyat uchun zarur;
- Asosiy bo‘lmagan barcha narsalar - foydasiz axlatlardir;
- "Iloji yo‘q" degan so‘zning o‘zi yo‘q;
- Faqat o‘zingizga ishoning;
- Orzularingizga ergashing;
- Ichki ovozlaringizni eshiting;
- Yaratolmayapsizmi - unda yaxshilang;
- Soddalik - eng kuchli qurol;
- Uzoqni ko‘ra bilish biror nimaga erishish uchun muhim;
- Mahsulotingizni standartlashtiring;
- Mag‘lubiyat muvaffaqiyat kabi muhim.
Fil Libin ((Evernote xizmatining muallifi)
- Mo‘jiza bo‘lib turadi;
- Finish chizig‘igacha hech qachon to‘xtamang;
- Bir necha bo‘laklar yagona butunni hosil qiladi;
- Iste’molchi foydali narsani xohlaydi;
- Faqat qilayotgan ishingizga ishonsangizgina qiling.
Jek Dorsey (Tvitter ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi)
- Kommunikatsiya - maqsad bo‘lish kerak;
- Kuchingizni bekorga sarflamang;
- Aqliy hujum (brainstorming) samara beradi;
- Sog‘liq - muhim;
- Yugurish - fikrlaringizni tozalaydi;
- Odamlarga mahsulotingiz qanchalik foydali ekanligini ko‘rsata oling;
- Mahsulotingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlashingizga ko‘zingiz yetsagina ommaga e’lon qiling;
- Raqobatdan qo‘rqmang.
Richard Brenson (Biznes magnati va investor)
- Xato qilishdan qo‘rqmang;
- Yarating, yarating va yana bir bor yarating;
- Kengroq tafakkur qiling;
- Qanchalik qiyin bo‘lsa, shunchalik natija yaxshi bo‘ladi;
- Ta’limning o‘zi yetarli emas;
- Tajriba juda ham muhim;
- Noma’lumlik - yangi imkoniyatlarni ochib bera oladi;
- Jasur bo‘ling va hech narsadan tortinmang.
[manba]