Bilasizmi?

Doniyor Soliyev Londondagi paralimpiya JChda oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Doniyor Soliyev 14−23 iyul kunlari Londonda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha paralimpiya jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqada Doniyor Soliyev 7,18 m natija bilan Osiyo rekordini yangiladi (hozirgisi — 7,09 m). Shvetsiyalik Tobias Jonson kumush (6,99 m), belaruslik Sergey Burdukov (6,77 m) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

15 iyul kuni O‘zbekiston vakili Xusniddin Norbekov disk uloqtirishda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Musobaqaning navbatdagi kunlarida O‘zbekiston vakillari yadro va disk uloqtirish hamda turli masofalarga yugurish musobaqalarida ishtirok etadi.