Bilasizmi?

Dollar kursi sentyabr oxirida qancha bo‘ladi?

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati sentyabr oyining oxiriga qadar O‘zbekistonda dollar kursi 7600-7800 so‘m darajasida bo‘lishiga ishonmoqda. Bu Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyasion kutilmalari» hisobotida aytiladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda 750ta jismoniy va 300ta yuridik shaxs qatnashdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, «7600-7800 so‘m» variantini eng ko‘p jismoniy shaxslar (30 foiz) va yuridik shaxslar (40 foiz) tanlagan. Biroz kamroq respondentlar «7800 - 8000 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda ularning soni 29% va 38% bo‘ldi.

Dollar kursi 8000 so‘mdan ortiq bo‘lishini jismoniy shaxslarning 15% va yuridik shaxslarning 10%i taxmin qilmoqda.

To‘rtinchi chorakning oxiriga kelib (dekabr oyi oxiri), dollar kursi bo‘yicha kutilmalar bir-biriga o‘xshash bo‘ldi - jismoniy shaxslarning 29 foizi va yuridik shaxslarning 32 foizi yil oxirida dollar 7,6 ming so‘mdan past bo‘lishiga ishonmoqda. Bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.

So‘ralganlarning biroz kamrog‘i «7600 - 7800 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda 23% va 31%.

Sentyabr oyidagidek bo‘lgani kabi, yil oxiriga borib, dollar 8000 so‘mdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishiga unchalik ishonishmayapti - jismoniy shaxslarning atigi 19 foizi va yuridik shaxslarning 13 foizi shunday tanlovni amalga oshirgan.