Tez pishar lag‘monlarni kunora yeb tursangiz kerak. Talabalikda bizni sog‘-omon, dadil yurishimizga xizmat qilgan bu taom keyinchalik ham o‘zining mazasi bilan ishtahani qitiqlashda davom etayotgani aniq. Shubhasizki, tez pishar lag‘mon – dunyoda eng ommaviy tarqalgan taomdir.
Ilmiy jihatdan esa tez pishar lag‘monning inson salomatligiga zarari allaqachon isbotlangan. Ayniqsa, talaba-o‘quvchilarda u tufayli kelib chiqayotgan xastaliklar juda avj olmoqda. Shu sababli, bir necha yillar oldin Hindiston Nestle’ning Maggie tez pishar lag‘mon brendini mamlakatda ishlab chiqarilishini ta’qiqlab qo‘ydi.
So‘nggi tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tez pishar lag‘mon yurak xuruji va insultni keltirib chiqaradigan metabolizm xastaligi, ya’ni tanada moddalar almashinuvi jarayonini izdan chiqishiga olib keladi.
Bu kabi lag‘monlar tarkibida TBHQ, ya’ni uchlamchi-butil gidroxinon – ta’m beruvchi organik kimyoviy birikma mavjud. Undan neft mahsulotlarini qayta ishlashda, shuningdek arzon oziq-ovqatlar tayyorlashda foydalaniladi.
Oshqozon-ichak sohasi mutaxassisi tez pishar lag‘mon tushgach oshqozonda qanday jarayon sodir bo‘lishini o‘rganishga kirishadi. Lag‘mon odatdagi ovqatlarga qaraganda oshqozonda ikki soat uzoqroq qolib ketar, qolgan vitaminlarning tanaga so‘rilishiga xalaqit qilar ekan. Natijada, oshqozon-ichak yo‘lida nosozlik kuzatila boshlaydi.
Tez pishar lag‘mon tarkibidagi un, palma yog‘i, shakar va tuz tabiiy bo‘lib, qolgan xushbo‘ylantirgichlar va ranglar, glutamat natriy va boshqa qo‘shimchalar noorganik, ya’ni soxta mahsulotlardir.
Bu xushta’m bo‘lib ko‘ringan taomning bir kosasi 2,700 milligrammdan ziyod oziq-ovqat sodasi bor. Bu juda yuqori darajadagi miqdor bo‘lib, yurak salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Xulosa
Janubiy Koreya fuqarolari tez pishar lag‘mon yeyishda jahonda yetakchilik qilishadi. Ana shu yerlik 11 ming nafar lag‘moxo‘rlar sog‘ligi o‘rganib ko‘rilganida ularning barchasida metabolistik sindromi, qand kasalligi, insult xavfi yuqoriligi ma’lum bo‘lgan.
Juda o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, me’yorida har zamonda bir-bir bu qadrdon taomni yeb turing.
Doimo sog‘-salomat bo‘ling!