Bilasizmi?

Daraxtlar himoyasiga bag‘ishlangan petitsiya Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqiladi

«Shahar va qishloqlar hududida daraxtlarni himoya qilish tizimini isloh qilish» onlayn-petitsiyasi 2 iyun kuni kerakli 10 ming ovozni to‘pladi. Endilikda u O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Mening fikrim portalida petitsiyani parlamentda ko‘rib chiqilishini uchun zarur ovoz 12 kunda to‘plandi. Petitsiya «Gazeta.uz» muallifi Nikita Makarenko tomonidan yozildi va joylashtirildi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, Oliy Majlis jamoaviy murojaatni 60 kun davomida ko‘rib chiqishi va jamoatchilikka javob berishi kerak. Petitsiya mualliflari va uni qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolar parlament so‘nggi yillarda O‘zbekistonning yirik shaharlarida ommaviy ravishda daraxtlarning kesilayotganiga barham berishiga umid qilmoqda.

Petitsiyada shahar va qishloqlar hududida zudlik bilan har qanday daraxtni kesishga ikki oylik moratoriy e’lon qilish taklif etilmoqda. Bu muddatda parlamentariylarga respublika darajasidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ekologik politsiyani tashkil etish va daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdorini o‘n barobarga oshirish taklif qilingan.

Petitsiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kampaniyani ko‘plab taniqli shaxslar yoqlab chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p sonli chaqiriqlar, videomurojaatlar va illyustratsiyalare’lon qilindi. Foydalanuvchilarda biri hattoki ovoz bergan odamlar sonini ko‘rsatib turuvchi Telegram-bot yasadi. Biz barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

2 iyun kuni «O‘zbekiston 24» telekanalida petitsiya muallifi Nikita Makarenko, jurnalist Baxtiyor Nasimov, permadizayner Maqsud Rahmatullayev hamda Toshkent Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va Bioinspeksiya vakillari ishtirokida «Qarama-qarshi» ko‘rsatuvi namoyish etildi. Ko‘rsatuv jarayonida tomoshabinlarga daraxtlarni kesishga moratoriya joriy etish bo‘yicha ovoz berish taklif qilindi.

Petiya Mening fikrim portalida o‘n ming ovoz to‘plagan uchinchi jamoaviy murojaat bo‘ldi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston qahramoni unvonini berish haqidagi petitsiyalar birinchilardan bo‘ldi.