Siz chekishni tashlamoqchisiz, ammo cira buni uddasidan chiqa olmayapsiz. Unda sizga xalq tabobati yordam berishi mumkin. Dunyoda har 6 soniyada bir kishi tamaki chekishdan ko‘z yumadi! Tamaki chekishni tashlashga ahd qilganingiz bilan tabriklaymiz! Bu qaror qattiq va mustahkam bo‘lishi kerak! Xalq tabobati esa bu og‘ir masalada yordam beradi.
Birinchi kun Tamaki chekishni tashlagan birinchi kunni o‘zingizga yoqadigan qilishingiz darkor. Kunni quvnoq va bayramona o‘tkazing,o‘rtoqlaringiz bilan sayrga chiqing shunda bu kun qanday kechganini sezmay qolasiz. Agar chekish xoxishi paydo bo‘lsa, saqich chaynang yoki meva sabzavotlardan yeng, meva sharbati ichish yaxshi naf beradi. Agar chekish xoxishi kuchli bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, yuguring, gimnastika mashqlarini bajaring.
Nikotinga qarshi choy Nikotinga qarshi maxsus choy tayyorlab ichishni tavsiya qilamiz. Bu choyni tayerlash uchun 1 osh qoshiq qora seylon yoki hind choyini 200 gramm qaynagan suvda damlaymiz. Ezilagan sachratqi ildizlari, valeriana, qichitqi o‘t barglari, yalpizdan yarim choy qoshiq choyga qo‘shib, bir soat tindiriladi. Kuniga 2-3 piyoladan ichiladi.Ushbu choyni ta’sirini kuchaytirish uchun unga qo‘shimcha qo‘shish ham mumkin. Ya’ni, bir osh qoshiq maydalangan xom lavlagiga bir choy qoshiq asal va bir dona limon sharbatini qo‘shib, choyga aralashtirib ichiladi.
Chekishni tashlash uchun: Suli donalaridan 2 osh qoshiq olib maydalab, 100gramm qaynagan suvga solib 5 daqiqa past olovda qaynatiladi va 1 soat tindiriladi. Ushbu damlamadan 1 oy davomida bir kunda 3 marta ovqatdan oldin 30grammdan ichib yurish tavsiya etiladi.
Chekishni tashlashning yana bir yo‘li: bir oy davomida, ertalab va kechqurun nonga 1 choy qoshiq baliq moyi surib yeyish kerak.
Og‘izni chayish Ichimlik sodasidan 1 osh qoshig‘ini 100gramm suvga solib, ushbu aralashma bilan og‘izni chaying. Bu aralashmadan ichish ham yaxshi natija beradi.
Lekin, bu usul oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlarga tavsiya etilmaydi.
Eng qiyin kunlarda ya’ni, chekishni tashlashning birinchi,ikkinchi va uchunchi kunlarda dudlangan, tuzlama, go‘sht va alkogol ichimliklarini iste’mol qilmang!
Manba: Darakchi.uz