Bilasizmi?

«Bunyodkor» o‘ninchi bor «Al-Ayn"dan mag‘lubiyatga uchradi (+video)

«Bunyodkor» futbol klubi 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan uy uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklarining"Al-Ayn" jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 28 fevral kuni Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv 2:3 hisobida yakun topdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda boshlandi, dastlabki 15 daqiqa ichida jamoalar uchta gol kiritishdi. Hisobni mehmonlar ochdi — Umar Abdulrahmon 8-daqiqada jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib «qaldirg‘ochlar» hisobni tenglashtirdi, biroq ko‘pga emas. Lukas Kayo «Al-Ayn"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi qism yakunlanishi arafasida yosh yarimhimoyachi Dostonbek Hamdamov cham qanotdan tezkor hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirdi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Ikkinchi taymda mezbonlar bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirdi — himoyachi Akromjon Komilov 72-daqiqada qizil kartochka oldi. Umar Abdulrahmon 11 metrlik jarima to‘pini gol bilan yakunladi va dubl qayd etdi.

Ikki turdan so‘ng «S» guruhida Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» (6) jamoasi yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda «Al-Ayn» (4) va Eronning «Zob Axan» klubi bormoqda. Sergey Lushan jamoasi hisobida birorta ham ochkosi bo‘lmagan holda so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.

Statistika