So‘nggi yillarda sigareta chekuvchilari o‘rtasida yurak-qon tomiri kasalliklaridan aziyat chekayotganlar soni ko‘payib ketmoqda. Chunki tamaki tarkibidagi nikotin insonni sigaretga bo‘lgan tobeligini oshiruvchi kimyoviy modda hisoblanadi. U insonning asab va mushak to‘qimalari faoliyatini bir muddat cheklab qo‘yadi va ularga zarar yetkazadi. Shuningdek, nikotin yurak urishini tezlashtirib, qon bosimini oshiradi va oxir-oqibat insultni keltirib chiqaradi.
Bular ilmiy isbotlangan dalillar bo‘lsa ham, odamlar sigareta chekishdan tamomila voz kechayotganlari yo‘q. Kimdir tamaki o‘simligini chaynaydi. Oz bo‘lsa ham, bu orqali ham baribir tanaga nikotin so‘riladi. Biroq shunday o‘simliklar borki, kashandalarga tanani nikotindan tozalashga yordam beradi.
- Brokkoli
Bu o‘simlik B5 va C, B kabi tanadagi muhim jarayonlarda ishtirok etuvchi vitaminlarga boy. Vitaminlar yetishmovchiligi tananing xavfga qarshi o‘z vaqtida yetarlicha javob qaytarmasligini keltirib chiqaradi. Brokkoli tarkibidagi darmondorilar, xususan C vitamini tananing moddalar almashinuvi jarayonini me’yorida saqlaydi va nafas yo‘llarini toksinlardan tozalab turadi. Undagi NRF2 geni esa o‘pka to‘qimalarini zararlanishdan himoya qiladi. Shuningdek, qo‘ziqorin, baliq mahsulotlari ham B5 vitaminiga boy bo‘ladi.
- Apelsin
Apelsin sitruslar oilasida darmondoriga boy eng foydali meva. U tanadagi nikotinni yuvib tushiradi. Shu bilan birga, u nikotin keltirib chiqaradigan tushkunlik va bezovtalikning oldini oladi. Apelsinning eng foydali xususiyati unda S vitaminining yuqori darajadaligidir. Uning sharbati qon bosimi (gipertoniya), ateroskleroz, jigar kasalliklarida foydali. Immunitetni oshiradi. Tetiklashtirib, toliqishni aritadi. Ammo bu mevani oshqozon-ichak kasalliklari, gastrit bilan og‘rigan bemorlar ehtiyotkorlik bilan tanovul qilishlari kerak.
- Ismaloq
Ismaloqda katta miqdorda mineral tuzlar (birinchi navbatda temir birikmalari), shuningdek, ko‘pgina vitaminlar (A, V, R, S, RR, D) va turli mikroelementlar, oqsil, yod bor. Ayniqsa, qonning tarkibini yaxshilashda bu ko‘kat juda foydali.
Yaqinda g‘arblik olimlar ismaloqning saraton kasalliklariga davo bo‘lishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni ilgari surishgan edi. Bu o‘simlik nikotinning eng katta dushmani foliy kislotasi yoki B9 vitaminiga boy. Nikotin kashandaning uyqu rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi va bezovta qiladi. Foliy kislotasining ruhiy va hissiy salomatlikka ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri esa organizmning nikotin oqibatida tanada paydo bo‘lgan simptomlarga qarshi kurashida qo‘l keladi.
- Zanjabil
Bu o‘simlik ham nikotin sabali paydo bo‘lgan asorat va zararlarni bartaraf qiladi. Uning shifosini sezish uchun tamaki chekishdan voz kechish kerak. Chekishni tashlagan organizmdagi modda almashinuv jarayonlari yaxshilanib, oshqozon ovqatni yaxshiroq hazm qila boshlaydi. Va sobiq kashanda tezda semirib ketadi. Shu jarayonda zanjabil semirish kasalligi kelib chiqishining oldini oladi.
5. Qizil lavlagi
Lavlagi tarkibida temir, natriy, magniy, kalsiy, fosfor va B, A va C guruhlariga kiruvchi vitaminlar mavjud.
Qizil lavlagi magniy va temir moddalariga boy bo‘lib, qonni zarur moddalar bilan ta’minlaydi. Qizil lavlagi inson tanasidagi charchoq va horg‘inlikni bartaraf qiladi. U kayfiyatni ko‘taradi, charchoqni tarqatadi va tanaga quvvat bag‘ishlaydi. U tanadagi yog‘larni eritish xususiyatiga ega bo‘lib, zararli toksin moddalarini jigardan chiqarib yuboradi.
- Limon
Limon tarkibida limon kislota, qand, vitamin A, B, C, D, fitonsidlar, efir moylari, pektin moddalar, natriy, kaliy kalsiy, fosfor, temir, magniy kabi unsurlar mavjud. U nikotinga qarshi kuchli qurol. Nikotin tanada 3 kungacha saqlanadi. U teri va to‘qimalarni zararlaydi. Limondagi darmondorilar esa teri kasalliklarini keltirib chiqaruvchi zaharli moddalarga qarshi kurashadi.
- Sabzi
Sabzi A vitaminiga boy bo‘ladi. A vitamini organizmdagi o‘t va yog‘ miqdorini pasaytirib, zararli xiltlardan tozalaydi. Uning tarkibida ko‘krak va ichaklar saratoni xavfini kamaytiruvchi falkarinol va falkarindiol deb nomlanuvchi tabiiy darmondorilar mavjud. Yana bir vitamin – beta-karotin kuchli antioksidant sifatida ta’sir ko‘rsatib, inson organizmi hujayralarini kasallikka chalinishdan himoya qiladi. Hujayralarning keksayishi ham sekinlashadi.
- Anor
Anor mevasida S, R, B6 va V12 vitaminlari mavjud. Anor yod, kaliy, kalsiy, temir va kremniy kabi minerallarga boy. Anor qondagi qizil to‘qimalar - gemoglobinni oshiradi, u zararlangan to‘qimalarni biriktiradigan xususiyatga ega. Anor arterial qon bosimini tushiradi, tamaki keltirib chiqaradigan organizmdagi har qanday yallig‘lanish jarayoniga qarshi kurashadi, infeksiya va og‘riqqa qarshi kurashadi va organizmdagi gormonal muvozanatni tiklaydi.
Olma
Olmada S vitamini barcha mevalarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek u biriktiruvchi to‘qimalar va pektinga boy. Pektin ichaklarni va qonni tozalaydi, ichak mikrofloracini tiklaydi, qondagi qand miqdorini kamaytiradi, immunitetni muctahkamlaydi. U chekish sababli yuzaga keladigan xastaliklarga qarshi kurashadigan antioksidantlarga ham boy. Olma kashandani yurak qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi. Olma qondagi xolesterin miqdorini me’yorda ushlab turadi. Olimlarning fikricha, har kuni 5 dona olma yeyish mustahkam salomatlik garovi.
O‘rik
O‘rik kaliyga boy. Shu sabali ham, uni yurak-tomir gipertonik kasalliklarida iste’mol qilish foydali.
Ma’lumki, kashandalarning barchasi yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq kasalliklarga chalinishadi. Har kuni nahorga o‘rik sharbatidan bir piyola ichish yoki kuniga 4-5 ta o‘rik turshagi yeb yurish har qanday yurak xastaligini davolashda qo‘l keladi va yurakni baquvvat qiladi.
Turshak va o‘rikni kuniga 150 grammdan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.
Unutmang, tamaki chekish koni zarar. Salomatlik sizni tark etmasin!