O‘z kuningizni qanday boshlaysiz? Eng taniqli biznes-trenerlardan biri Brayan Treysi strategiyasi kelgusi kunni rejalashtirishdan boshlanadi. U uxlash oldidan ertangi kun nimalar qilishini to‘liq yozib oladi. Brayan ro‘yxatni yozib borish ongosti tafakkurimizni uyqu vaqtida reja va vazifalar ustida ishlashga undashini aniqladi. Uyg‘onganimizda esa o‘zimizni muammolar ustida ishlashga tayyordek his etamiz.
- Eng muhim savollar
Mutaxassisning ta’kidlashicha, muhim ishlarni rejalashtirishda quyidagi savollarga e’tibor qaratish lozim:
— Ertaga men bajara oladigan eng foydali ish qaysi?
— Navbatdagi darajaga chiqishim uchun nima qilishim kerak?
— (agarda kompaniyada ishlasangiz) Nima sababdan men hali ham oylik uchun ishlayapman?
Mazkur savollarga javob berish ertangi harakatlaringizdagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beradi. O‘z navbatida, bu shaxsiy unumdorligingizni oshirishda ham sizga katta yordam beradi.
- Qadriyatlar
O‘zingizga nima muhim ekanini aniqlab oling. Qadriyatlar ish bilan qarama-qarshilikka bormasligiga ishoning. Unutmang, bezovtalik, qalbdagi notinchlik qobiliyatlarni o‘tmaslashtiradi.
- Oqibat
Har bir harakatning o‘z oqibati bor: yaxshi yoki yomon. U yoki bu ishni bajarganingizdan so‘ng qanday mukofot olayotganingizga e’tibor qarating. Shundan so‘ng mukofotingizni xuddi shu ishni bajarmaganingizning oqibati bilan solishtiring. Mazkur jarayon qanday maqsad qo‘proq qadr-qimmatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
- Pareto tamoyili
XIX asrda yashagan muhandis Vilfredo Pareto 20 foizlik zo‘r berish 80 foizlik natijani beradi, degan qarorga kelgan edi. Eng muhim ishga qarar ekansiz, o‘zingizga shu ish katta natija beradigan 20 foizlik yumushlar qatoriga kiradimi, deb savol bering.
- Shoshilinch vs. muhim
Kutilmagan qo‘ng‘iroq yoki mehmonga shoshilinch e’tibor qaratish kerak bo‘lishi mumkin, ammo unga sarflaydigan vaqt har doim ham o‘zini oqlamaydi.
Shoshilinch ish – kim uchundir zarur, lekin Sizga qanchalik naf keltiradi? Muhimlik – Siz uchun haqiqiy ahamiyatga ega narsa.
- Chegaralovchi qadam
Siz va siz erishmoqchi bo‘lgan maqsad o‘rtasidagi holatni Treysi “chegaralovchi qadam” deb ataydi. Ayni shu joy maqsadingizga qanchalar tez erisha olishingizni belgilab beradi. Siz o‘z maqsadingizga erishisha olasiz. Eng muhimi, mazkur qadamni belgilab olish va uni tashlash uchun harakat qilish.
- Yozma reja
Maqsadlar va vazifalar ro‘yxati yozib borilmas ekan, hech qanday ahamiyatga ega emas. Rejalarning qog‘ozda yozib borilishi ularni yanada aniqlashtiradi. Yozilmagan maqsad — noaniq va mavhum. Qachonki ruchka va qog‘ozni ishga solar ekansiz, barchasi o‘z joyiga tushadi.
- Vizualizatsiya
O‘z ro‘yxatingizdagi vazifalarni qanday ado etayotganingizni xayolan tasavvur qiling. Vizualizatsiya, ya’ni tasavvurda jonlantirish ong osti tafakkurni mashq qildirib, bajarilajak vazifalarga asosiy e’tiborini yo‘naltiradi. Kun oxirida o‘tirib-turish va otjimaniya qilishni ko‘z oldingizga keltiring. Shunda miya vazifani bajarishga sozlanadi va ertalab Siz hattoki uyg‘otuvchi soat yordamisiz ham uyqudan turishingiz mumkin.
Unutmang, Siz — g‘olibsiz. Tayyorgarlik esa barcha maqsadlaringizga erishishingizda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.