Salomatlik

Bo‘yin Og‘risa, Hushyor Bo‘ling

Osteoxondroz paydo bo‘lishiga umurtqaga yuklamani noto‘g‘ri taqsimlash, noqulay vaziyatda uzoq o‘tirish, umurtqadagi jarohatlar sabab bo‘lishi mumkin. Bu kasallik faqat o‘tirib ishlaydigan soha vakillaridagina emas ,balki jismoniy ish bilan shug‘ullanadigan sportchilarda ham kuzatiladi. Bundan tashqari, osteoxondroz rivojiga modda almashinuvi buzilishi, magniy, sink, D vitamini kabi vitamin va mikroyelementlar yetishmasligi ham yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

OG‘RIQ DARAK BeRADI

Og‘ir ko‘targanda, egilganda og‘riq kuzatilsa va bu muntazam tus olsa bo‘yin shishadi va bu og‘riq kuchayishiga sabab bo‘ladi. Osteoxondrozning asosiy belgisi - og‘riq. Bunda qo‘l, bo‘yin sohasi va hatto ko‘krak qafasi ham og‘rishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zan bemor o‘zini yuragim og‘riyapti deb o‘ylab yanglishishi mumkin. Bunda bemor og‘riq bilan birga kuchli zo‘riqishni his qiladi.

Ayrim hollarda bosh og‘rig‘i, quloqlarda shang‘illash ham kuzatilishi ehtimoli bor. Ayni shikoyatlar sizda bor bo‘lsa nevropatolog va travmatolog huzuriga borish lozim.

Osteoxondrozni davolash- insondan uzoq vaqt va sabr talab qiladi. Dori bilan davolash manual terapiya, uqalash va davolash gimnastikalari orqali ushbu kasallikni davolash mumkin.

Kasallikka chalinmaslik uchun:

- maktab partasidayoq to‘g‘ri o‘tirishni o‘rganish, - jismoniy tarbiya bilan ko‘proq shug‘ullanish, - parhezga rioya qilish, - vitaminli taomlar qabul qilish, tarkibida kaltsiy va magniy bor mahsulotlarni shu jumladan baliq va dengiz mahsulotlari karam yong‘oq, pista, no‘xot, yirik undan tayyorlangan non kabilarni iste’mol qilish, - og‘ir ko‘tarishga to‘g‘ri kelganda og‘irlikni ikkala tarafga teng bo‘lish, - ortiqcha vazndan xalos bo‘lish lozim.