Bosh og‘rishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Ba’zida u bizni ishdan qoldiradi, ba’zida asabiylashishimizga sabab bo‘ladi, ba’zida esa charchatib qo‘yadi. Bosh og‘rig‘ining 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:
1. Stress
Ba’zida stress, ko‘p ishlash va asabiylashish bosh og‘riqqa olib kelishi mumkin.
2. Ob-havo va undagi o‘zgarishlar Havo haroratining o‘zgarishi, quyosh nurlarining yetishmasligi va atmosfera bosimini o‘zgarishi asab tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
3. Gormonlar o‘ynashi Bu ko‘proq ayollarga tegishli bo‘lgan holat bo‘lib, ovulyasiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida ro‘y beradi.
4. Alkogol ichimliklar Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino "boshga uradi".
5. Ochlik Uzoq vaqt davomida och bo‘lib qolish, organizmda toksinlarni ko‘payishiga olib keladi, bu esa bosh og‘riqni yuzaga keltiradi.
6. Uyqusizlik yoki aksincha, ko‘p uxlash Uyqusizlik ko‘p uxlash kabi bosh og‘rig‘ini keltirishi mumkin.
7. Mushaklarning zo‘riqishi Uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo‘yinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zo‘riqish beradigan holatda bo‘lish bosh og‘riqni keltiradi.
8. Ko‘zning toliqishi Ko‘z asablarining zo‘riqishi (televizor ko‘rish, sifatsiz video ko‘rish va hokazo) bosh og‘riqni yuzaga keltirishi mumkin.
9. O‘tkir hidlar Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qo‘zg‘atadi.
10. Boshqa sabablar Undan tashqari bosh og‘riq 50 dan ortiq kasallik alomati bo‘lishi mumkin.