Bilasizmi?

Boks: Qudratillo Abduqahhorov jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritdi (+video)

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratullo Abduqahhorov (11−0−0, 8 KO) 26 mart kuni Singapurda Jahon boks kengashi talqini bo‘yicha jahon chempionati «kumush» tituli sohibi bo‘ldi. Bu haqda Gazeta.uz yozmoqda.

Chempionlik kamari uchun kechgan jangda 23 yoshli bokschi yarim o‘rta vaznda zimbabvelik 27 yoshli Charlz Manyuchi (20−3−1, 12 KO) bilan bellashdi. O‘zbekistonlik bokschi raqibining o‘ziga ortiqcha baho bergan holda qo‘llarini tushirib, taqsga tushganini munosib jazoladi.

Qudratillo Abduqahhorov raqibiga tashlanib, uni ikki zarba bilan nokdaun holatiga tushirdi. Hakam jangni davom ettirishga ijozat berdi va o‘zbekistonlik bokschi raqibini yana bir marta qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada hakam birinchi raundning o‘zidayoq jangni to‘xtatishga qaror qildi.

«Mening maqsadim — barcha tashkilotlarning chempionlik kamari, barcha „oltin“ titullarni qo‘lga kiritish. Floyd Meyvezer va Menni Pakyao kabilar muvaffaqiyatlariga erishish», — dedi o‘zbek bokschisi bellashuvdan so‘ng.

Video