Rio—2016 Olimpiadasidagi yurishini 1/8 finaldan boshlagan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev ilk jangida qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevni har uchala raundda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.
56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirdagi ikkinchi jangida Ahmadaliyev argentinalik Alberto Melian bilan ringga chiqdi.
Jangni boshqarib borgan referi 1-raundning o‘zidayoq ikki bor hisob ochishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi hisob ochilganida o‘ziga kelishni kechiktirib yuborgan argentinalik sportchi mag‘lubiyatga uchradi. Ahmadaliyev esa eng kamida bronza medalini naqdlashtirib qo‘ydi, deb Daryo.Uz yozmoqda.
18 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final jangida o‘zbekistonlik sportchi Kuba boks maktabi tarbiyalanuvchisi Robeysi Ramiresga qarshi jang qiladi.