O‘z biznesingizni muvaffaqiyatli yuritmoqchi bo‘lsangiz sizda albatta har sohadan bir shingil bo‘lishi kerak. Shunday ekan biznes uchun qanday bilimlar, qobiliyatlar va mahoratlar kerak bo‘lishini oldindan bilib qo‘ysangiz, ulardan qaysilarini o‘zingiz qila olishingiz va qaysilarini boshqalarga topshirishingizni aniqlab, rejalab olishingiz mumkin bo‘ladi.
Bu galgi maqolamizda biznes yuritishda kerakli bo‘ladigan asosiy mahoratlar ro‘yxatini qisqa qilib sanab o‘tishga qaror qildik.
[лист тйпе="буллет"]
- Strategik boshqaruv - biznes va strategik rejalarni tuzish va bu rejalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash uchun kerak;
- Boshlang‘ich hisob-kitob / buxgalteriya bilimi - kirim-chiqimni qanday qayd etib borish, hujjatlarni qanday tartiblash va saqlash yo‘llari va hokazolarni bilish;
- Moliyaviy boshqaruv - biznesni boshlash va davom ettirish uchun moliya va sarmoyalarni topish va boshqarish;
- Kadrlar boshqaruvi - sizga ishlaydigan odamlarni topish, ishga olish va boshqarish qobiliyati;
- Marketing - mahsulot yoki xizmatlaringiz haqida ma’lumotlarni xaridor va mijozlaringizga to‘g‘ri yetkazish, an’anaviy va onlayn marketing yo‘llaridan unumli foydalana olish;
- Sotish - mahsulot yoki xizmatlaringizni to‘g‘ri sota olish va sotishdan keyingi xizmatlarni risoladagiday bajarish;
- Kundalik biznes faoliyat boshqaruvi - biznes uchun kerak bo‘lgan xom ashyo va mahsulotlarni yetkazib beruvchilarni to‘g‘ri tanlash va ularni boshqara olish, sotish kanallarini tanlash va hokazo.
[/лист]
Tabiiyki yuqoridagi mavzularning hammasida ham o‘zingiz qobiliyatli va mahoratli bo‘lishingiz shart emas. Sizda bo‘lmagan qobiliyatlar borasida sizda uchta yo‘l bor: bu narsalarni yaxshi biladigan ishchilarni yonlash, bu ishlarni boshqa firmalarga qildirish, yoki o‘zingiz vaqt ajratib bularning hammasini o‘rganish.
Biz yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyat va mahoratlar haqida kelajakda yanada batafsil maqolalar berib borishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bizni kuzatishda davom eting.