Har bir ishni boshlashdan oldin, u xoh biznes bo‘lsin, xoh boshqa bir yumush, uni puxta rejalashtirish kerakligini hammamiz bilamiz. Biznes boshlashdan oldin reja tuzish sizni kelajakda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab boshog‘riqlarni oldindan ko‘ra bilish va o‘ylagan ishingizda yanada muvaffaqiyatli bo‘lishingizda sizga yordam beradi.
Shunday ekan, bugun biznes reja yozayotganda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan asosiy jihatlar haqida gapirib o‘tmoqchimiz.
[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап] Biznes reja yozishdan maqsad nima ekanligini aniqlab oling
Biznes reja nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda bo‘lishi mumkin. Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi:
- Boshlang‘ich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish
- Biznes loyihaning umuman olganda foydali yoki zararli ekanligini bilish
- Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlashtirish
- Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilash;
- Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va h.k.) tushuntirib berish
[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап] Nima haqida yozishingizni o‘ylab reja tuzib oling
Rejangizning asosiy bo‘limlari ro‘yxatini tuzib oling, yoki diagrammalar yordamida muhim fikrlaringizni qisqa qilib qog‘ozga tushiring. Asosiysi bular o‘zingiz uchun tushunarli bo‘lsa biznes rejangizni yozish jarayoni o‘zingizga osonlashadi.
[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап] O‘zingiz haqingizda ma’lumot bering.
Kim siz, o‘ylagan biznesingizni amalga oshirish uchun sizda qanday imkoniyatlar bor, ta’lim va malakangiz haqida bildiring.
[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап] Mahsulot yoki xizmatingiz nima ekanligini ta’riflab, tushuntirib bering
Mijozlaringizga sizning mahsulot yoki xizmatingizdan nima foyda borligi, mahsulot/xizmatingizning o‘ziga hos jihatlari, ishlab chiqarish jarayoni va hokazolar.
[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап] Haridor/mijozingiz kimligini belgilab bering
Nimaga aynan shu turdagi mijozlar bozorini tanlaganingizni tushuntiring. Keltirgan sabablaringizni o‘z shaxsiy tajribangiz yoki qilingan izlanishlar va tadqiqot natijalari bilan dastaklang.
[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап] Mahsulotingizning o‘ziga xos va boshqalardan ajralib turuvchi jihatlari
Nimaga mijozlaringiz boshqa raqobatchilaringizning emas sizning mahsulot yoki xizmatingizni sotib olishi kerakligi haqida yozing. Sizning narhlaringiz boshqalardan arzonroqmi, yo sifat jihatdan ajralib turasizmi? Balki sizning joyingiz mijozlar uchun qulaydir, yoki vaqtdan yutish imkonini berarsiz?
[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап] Haridorlaringiz mahsulotingiz uchun taxminan qancha pul sarflashini aniqlang
Mijozlaringizni sizning mahsulot yo xizmatlaringizga qancha pul to‘lashga tayyor ekanliklari, bir yilda o‘rtacha necha martta shu mahsulot/xizmatni sotib olishlarini hisoblab yozing. Albatta bu yerda quruq taxminlar emas yana izlanish va tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib yozishingiz kerak.
[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап] Bir yilda o‘rtacha qancha mahsulot ishlab chiqara olishingiz haqida yozing
Ishchi kuchi yoki uskunalaringizning qobiliyatidan kelib chiqib bir yilda shu mahsulotdan eng kop qancha ishlab chiqara olishingizni yoki xizmatingizni necha marta bera olishingizni hisoblab yozing. Yana dalillarga asoslanib yozish kerak.
[дропсап тйпе="сирсле"]9[/дропсап] Har bir mahsulotning tan narhi qancha bo‘lishini hisoblang
Mahshulot ishlab chiqarish uchun ketadigan materiallar narhidan tortib ishchilarga beriladigan oylik, do‘kon yoki uskuna arenda xarajati, soliq, elektr, telefon internetdan tortib barcha xarajatlarni hisobga olgan holda har bir mahsulotingizning tan narhi qanchaga tushishini hisoblab chiqing.
[дропсап тйпе="сирсле"]10[/дропсап] Qancha boshlang‘ich sarmoya kerak bo‘lishini yozing
Ishni muvaffaqiyatli boshlab olish uchun qancha boshlang‘ich sarmoya kerak bo‘lishini va bu sarmoya nimalarga ishlatilishini tushuntiring.
[дропсап тйпе="сирсле"]11[/дропсап] Umuman olganda sizning biznesingiz nimaga foyda keltiradigan bo‘lishini va qancha vaqtda foyda olib kelishni boshlashini dalillar bilan yozing
Buning uchun bozorni yaxshilab o‘rganib, hisob kitoblarni to‘g‘ri va ishonarli qilishingiz kerak.
[дропсап тйпе="сирсле"]12[/дропсап] Biznes rejangizdagi asosiy bo‘limlarining qisqa mazmunini sanab o‘ting.
Buni biznes rejangizning boshiga joylang. Ko‘pincha sarmoyadorlarning biznes rejani to‘liq o‘qib chiqishga vaqtlari va xohishlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ular rejangizning barcha muhim va e’tiborga loyiq jihatlarini shu qisqa mazmunni yoritgan yozuvdan oqib, ularda qiziqish uyg‘otsagina keyin detallarni bilish uchun asosiy qismni o‘qishga kirishishlari mumkin. Shuning uchun bu bo‘lim qisqa va e’tiborni tortadigan bo‘lishi kerak.
Albatta biznes reja yozish jiddiy va ko‘p vaqt oladigan mashq. Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlardan boshqa yana e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ko‘plab boshqa muhim jihatlar ham bor. Siz ham biznes reja tuzgan bo‘lsangiz, yoki bu borada siz bilgan va biz aytib o‘tmagan boshqa jihatlar bo‘lsa quyida ’fikr qoldirish' qismida bildirib o‘ting.
[Мамба]