Bilasizmi?

Bir qator import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun aksiz soliqlari ikki baravarga pasaytirildi

O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan, 2019 yilning birinchi yanvaridan boshlab bir qator import qilinadigan oziq-ovqatlar uchun aksiz soliqlari ikki baravar pasaytiriladi.

Xususan, import qilinadigan pishloq va kolbasalar uchun aksiz solig‘i 20 foizdan 10 foizgacha, xorijiy muzqaymoq uchun 30 foizdan 15 foizgacha tushiriladi.

Ushbu chorlarar bozor iqtisodini rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmayotgan mahsulotlarni aholi uchun hamyonbop qilishga qaratilgan.

Ikkinchidan, alohida yuridik shaxslarga berilayotgan soliq va boj imtiyozlari bekor qilinadi. Buning natijasida sog‘lom raqobat rivojlanishi va byudjetga qo‘shimcha mablag‘ kelib tushishi kutimoqda.