– O‘g‘limda prostata bezining yallig‘lanishi – prostatit aniqlangan edi. Shifokor buyurganidek davolandiyu, ammo haligacha farzandli bo‘lolmayapti. Prostat asorati bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin deb eshitgandim, nahot shu rost bo‘lsa?..
Savol «SMS» orqali kelgan
Savolga androlog-seksopatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Dilmurod ERGAShEV javob beradi:
– Prostata bezi shamollashi qisman farzand ko‘rishga monelik qilishi mumkin, qachonki, bemor o‘z vaqtida davolanmay, muolajani oxiriga yetkazmagan bo‘lsa. Davo choralari to‘g‘ri bajarilganida esa bepushtlik kelib chiqmaydi. Nasl qoldirish xususiyatini baholash uchun bir qancha tibbiy tahlillar (gormonlar, spermogramma) o‘tkazilishi lozim. Jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish, jinsiy yo‘l orqali o‘tadigan infeksiyalar, erkak urug‘ sifatining pastligi yoxud gormonal muvozanatining buzilishi ko‘p hollarda farzand ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi. Bunday holatlarda muammoni keltirib chiqarayotgan omil aniqlanib, uni bartaraf etishga diqqat qilinsa, ortiqcha tashvishga hojat ham qolmaydi.
Manba: Darakchi.uz