Bilasizmi?

Baxtli turmush: unga qanday erishish mumkin?

Oilani ko‘pincha qayiq bilan solishtirishadi. Qayiq kabi oila ham suv yoqalab yoki suv oqimiga qarshi suzib yuradi. Oilani ham bo‘ronlar va yomg‘irlar qiynab turadi. Ushbu davr oila krizis davri deb ataladi. Krizis davri hamma oilalarda har xil kechib, krizisdan oilani saqlab oilani buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymay, yangi bosqichga o‘tish erga va xotinga bog‘liq.

Ko‘pincha birinchi krizis turmushning birinchi yilidayoq yuzaga keladi. Mazkur muammo to‘ydan oldingi romantika o‘tib turmush qiyinchiliklari bilan kurashayotgan er-xotinning bir birlarini tushunmasligidan, kutgan orzulari amalga oshmaganligidan paydo bo‘ladi.

Ikkinchi krizis birinchi bola tug‘ilganida sodir bo‘ladi. Bunda oilada yangi inson va uning ehtiyoji ham bor ekanligi er-xotin hayotida katta o‘zgarishlar tug‘dirib, boshidan yangicha munosabat qurishni talab etadi.

Albatta hayot davomida oilalar turli tashqi va ichki ta’sirlar natijasida krizisga uchraydilar, bundan hech kim mustasno emas. Lekin krizisdan yengil chiqish, uni tezroq yo‘q qilish, krizisdan keyin yanada baxtliroq yashay olish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi.

Psixolog, sotsiolog, qolaversa baxtli oilalarning ta’kidlashiga ko‘ra, oilaning baxtli bo‘lish tamoyillari quyidagicha:

1. Doim turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘zingizni qiynayotgan narsalar haqida gaplashing (ichingizga yutmang) va uni eshita biling.

2. Turmush o‘rtog‘ingiz kamchiliklariga sabrli bo‘ling, axir sizda ham kamchiliklar yo‘q emas.

3. Aldamang, samimiy bo‘ling.

4. Turmush o‘rtog‘ingizga ishoning, uning ozodligini cheklamang.

5. Uy yumushlarini bo‘lib oling.

6. Turmush o‘rtog‘ingiz fikrini hurmat qiling, o‘zingizga o‘xshatishga harakat qilmang.

7. Turmush o‘rtog‘ingiz fe’lini qadrlang, shundayligicha qabul qiling, aynan o‘sha sizda yo‘q bo‘lgan fazilatlarni hurmat qiling.

8. Qadriyatlaringiz haqida gaplashing, oilaviy tarixingiz bilan bo‘lishing, umumiy qadriyatlarni yarating.

9. Do‘st bo‘ling, bir biringizni baxtiyor qilishga harakat qiling (oilada faqat muhabbat bo‘lib do‘stlik bo‘lmasa, bunday oilalarda uzoq baxtiyor hayot bo‘lishi qiyin, er- xotin bir-biri bilan do‘st kabi mehribon va hurmatda bo‘lishi kerak).

10. Bir-biringiz bilan gaplashing (faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydigan, yaxshi hayot kechirayotganligingiz haqidagi suhbat oilaga birlik keltiradi).

11. Jinsiy aloqada garmoniya. Bir-biringizni doim hursand qiling, jinsiy aloqa bilan muntazam ravishda shug‘ullaning, ehtiyojlaringiz haqida gapiring.

12. Bir-biringizdan dam olib turing (safarlar, dugona va do‘stlar bilan uchrashuvlar, ota-onanikiga borib kelish).

13. Umumiy rejalar qiling.

14. Kelajakni chiroyli qilish uchun umumiy orzular yarating.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.uz