Yashashdan maqsad – baxtli bo‘lish! Dunyoda millionlab insonlar mehnatlari evaziga baxtiyor yashayotgan bir paytda, siz ham bunga munosibsiz. Ularning ba’zi farqli jihatlarigina yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi. Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar hayoti o‘rganilganida ularda quyidagi jihatlar aniqlangan.
Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar:
- Boshqalarga yomonlik tilamaydilar va ravo ko‘rmaydilar;
- O‘z olamlaridan tashqariga chiqib, boshqalarning fikrini ham inobatga olishga odatlanganlar;
- Boshqalarda ko‘rgan yaxshi xislatlarni o‘zlarida ham shakllantirishga harakat qiladilar;
- Baxtiyor, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar ko‘p tomonga intiladilar;
- Boshqalarning fikrlari ularning yo‘lingi to‘sib qo‘yishiga izn bermaydilar;
- Har kuni ertalab faqatgina kimlarnidir ko‘nglini chog‘ qilish uchun uyg‘onmaydilar. Ular o‘zlari uchun ham yashashni biladilar;
- Kundalik duch keladigan mashaqqatlarni yuksalish uchun imkon deb qabul qiladilar;
- Xatolarni hayot saboqlari deb qabul qiladilar;
- Ba’zida vaqtni yolg‘iz o‘tkazish foydali ekanini unutmaydilar;
- E’tiqodlarini mustahkamlab, ma’nan yuksalib, orzu va ishonch o‘rtasida ko‘prik quradilar;
- Kamroq vahimaga tushib, chuqur idrok qila olishlari uchun chuqur-chuqur nafas oladilar;
- Ular hayotda hamma narsaga ega bo‘lish imkonsizligini tan oladilar;
- Tavakkal qilish yangi marralarga erishish uchun mukofot ekanini biladilar;
- O‘zlari imkonsiz bo‘lgan vaziyatda “yo‘q” deyishga uyalmaydilar;
- Odamlarga tillari va dillari mushtarak ekanini ko‘rsata oladilar;
- Uzoqni ko‘ra oladilar va ko‘rganlariga erishmagunlarigacha tinib-tinchimaydilar;
- O‘zlarini yaxshi ishlarga hech bir manfaat-muddaosiz bag‘ishlaydilar;
- O‘zlarida borini ko‘rsatishni emas, boshqalardagi muhim jihatni ilg‘ashga harakat qilib, hukmronlikka da’vo qilmaydilar;
- Maqsad uchun intilayotganlarida tez-tez o‘zlarining g‘oliblik daqiqalarini tasavvur qilib, ruhlanadilar;
- Nolish, zorlanishni odat qilmaydilar;
- Insoniy fazilatlaridan ishda yuksalish va oilani farovon tutishda foydalanadilar;
- Kezi kelganida, ya’ni haq bo‘lganlarida oqimga qarshi suzishdan cho‘chimaydilar;
- Boshlagan ishlarini tugatmagunlariga qadar to‘xtamaydilar;
- O‘zlarini boshqalar bilan taqqoslamaydilar;
- Boshqalarning muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradilar.
Doimo muvaffaqiyatli bo‘lish sizga nasib qilsin!