Bilasizmi?

Baxtli inson bo‘lishning 16 ta qoidasi

Hayotda ish va majburiyatlar shunchalik ko‘pki, hatto vaqtning o‘tgani ham bilinmaydi. Bunday notinchlikda hissiy va ma’naviy ahvol haqida osongina unutish mumkin. Lekin baxtli inson bo‘lish uchun doimo o‘sish va o‘zgarish zarurdir. Shuning uchun, siz o‘zingiz va hayotingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun 16 ta oddiy qoidalarga rioya qilishga harakat qiling.

 Bilimingizni oshiring.

1. Tartibli bo‘ling.

Agar siz kuningizni to‘g‘ri tashkil qilsangiz, o‘zingizni xotirjam sezasiz va o‘zingizga nisbatan ishonchingiz ham ortadi. Yaxshi maslahat: Eng qiyin va ko‘p vaqt oluvchi vazifalar bilan ertalab shug‘ullaning. Agar bu ishni keyinga qoldiradigan bo‘lsangiz bu yuk sizga tinchlik bermaydi va sizni kayfiyatingizni buzadi.

2. Ko‘nikmalaringiz ustida ishlang va yangilariga ega bo‘ling.

Buning uchun, xozirgidan ko‘ra yaxshiroq va joy yo‘q. Gitara chalishni yoki ispancha gapirishni o‘rganish uchun o‘zgacha yoki yuksak bir kunni kutishni hojati yo‘q. Birinchi qadamni tashlang: gitara sotib oling yoki xorijiy tillarni o‘rganish uchun ro‘yxatga yoziling. Shunday qilsangiz bir necha yil davomida orzu qilib yurgan tilagingiz tezroq ushaladi.

3. Do‘stlaringiz bilan shartnomalar tuzing.

Agarda xozirni o‘zida sizda musiqa asbobini olish uchun pul bo‘lmasa yoki kurslar bir oydan so‘ng boshlanadigan bo‘lsa o‘z harakatsizligingizni bu bilan oqlamang.  Shubhasiz, biror bir do‘stingiznikida bo‘sh va ishlatilmay turgan gitara bor bo‘lishi kerak. Yoki sizning do‘stlaringizdan biri xorijiy tillarni yaxshi biladi. Yordam uchun ularga murojaat qiling va ularga javoban qandaydir yordam qilishni taklif eting.

4. O‘qing, o‘qing va yana o‘qing.

Qanday janrda bo‘lsa ham kitoblar o‘qing. Iloji boricha ko‘p kitob o‘qing. Kitoblar sizga dunyoqarashingizni kengaytirishta yordam beradi, o‘ylantirishga majbur qiladi va sizga real hayotda topib bo‘lmaydigan tajriba beradi. Agar nimadan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, Nobel va Boker mukofoti sovrindorlarining kitoblarini o‘qishdan boshlang.

Tanangiz ustida ishlang.

5. Har kuni mashqlar bajaring.

Eng katta xato – bu mashqlarni yoqimsiz va qiynoqli mashhulot sifatida qabul qilish. Siz keyingi kuni to‘shakdan turolmay qoladigan darajada jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishingiz shart emas. Eng oddiy mashqlarni me’yorda bajaring: o‘tirib turish, siqish, cho‘zilish. Asosiy narsa esa har kunibajaring. Misol uchun, birinchi kuni yuguring, ikkinchi kuni – tennis o‘ynang,  uchinchi kuni – yoga bilan shug‘ullaning. Mashg‘ulotlarni majburiyat sifatida emas xobbi sifatida qabul qiling.  Va bir necha hafta o‘tgach, jismoniy mashqlarga nisbatan munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi.

6. Zararli ovqatlar o‘rniga o‘zingiz yaxshi ko‘rgan sabzavotlar va mevalarni iste’mol qiling.

Ha, siz bu maslahat xaqida ming marta eshitgansiz, va u umuman original emas, lekin baribir bu judayam muhim. Oziq-ovqat tanangizga yordam berishi mumkin yoki zarar keltirishi mumkin. Agar siz chips o‘rniga meva yeyishga ko‘niksangiz buning farqini bilasiz.

7. Guruhli mashg‘ulotlarda qatnashing.

Misol uchun, fitnes. Taranglashgan va baquvvat instruktor plyus bir xil fikrlovchi insonlar – bir guruh sport bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi omildir. Agar siz do‘stingizni siz bilan birga mashg‘ulotlarga borishga ko‘ndirsangiz bu undan ham yaxshi. Birgalikda siz dangasalik qilmasdan mashg‘ulotlarni bajarasiz, va ayrim holatlarda bir-biringizni qo‘llab quvvatlashingiz mumkin.

8. Suv iching.

Siz qanchalik ko‘p suv ichsangiz, charchoqni shunchalik kam his qilasiz, ichki organlaringiz va ovqat xazm qilish yaxshi ishlaydi, vazningiz ham normallashadi. Suv gazli suv yoki qaxvadan ko‘ra foydaliroq va chanqoqni yaxshiroq qoldiradi.

Baxtli bo‘lishni o‘rganing.

9. Insonlarni maqtang.

Atrofdagilarni baxtli qilsangiz, o‘zingizni ham  yaxshiroq his qila boshlaysiz. Ayniqsa, siz g‘amho‘rlik qiladigan, siz uchun muhim bo‘lgan insonlarga yoqimli gaplar gapiring. Baxt yuqumli hisoblanadi. O‘z minnatdorligingizni ko‘rsating. Agar siz kimnidir qaysidir vazifani yaxshi bajarayotganini ko‘rsangiz, bunga e’tibor bering va unga buni ayting. Shunda uning ham sizning ham kayfiyatingiz ko‘tariladi.

10. Kuling.

Tez-tez va ko‘proq kuling. Siz kulayotganingizda, tanangiz endorfin, ya’ni baxt gormonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi, va hayotga munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi. Salbiy his-tuyg‘ular sizga muammolarni engishda yordam bera olmaydi, aksincha, sizga faqat halaqit beradi. Tabassum bilan siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz, va odamlar ham sizga javoban tabassum qilishadi.

11. Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling.

Qancha vaqtingizni, siz turmush o‘rtog‘ingiz va bolalar bilan o‘tkazasiz? Javobingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u  baribir yetarli bo‘lmaydi. Ayniqsa, zamonaviy hayotda ota-onalar ish bilan band bo‘lib, bolalari bilan uxlashdan oldin ikki soatgina birga bo‘lishadi. Vaqtingizni ko‘proq birga o‘tkazing, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang, bir-biringizga g‘amxo‘rlik qiling. Bolalaringizning hayotida yanada faol ishtirok eting. Haqiqatdan ham birga yashang, faqatgina birgalikdagi kechki ovqat bilan cheklanmasdan.

12. Atrofingizga o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan insonlarni yig‘ing.

O‘ylab ko‘ring, atrofdagilar bilan suhbat sizda fanday hislarni uyg‘otadi. Ulardan ba’zilari hayotingizga salbiylikni olib kirmayaptimi? Sizning ishlashingizga halaqit berib pastga tortmayaptimi?  Pessimistik va salbiy kayfiyatdagi odamlar bilan, hech kim baxtli bo‘la olmaydi. Sizni rag‘batlantiradigan va ruhlantiradigan kishilar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qiling. Siz shunga munosibsiz.

Ma’naviy o‘sing.

13. Oldingizga maqsadlar qo‘ying.

Hozir gap, faqat ish haqida emas, mansab yutuqlari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa xam. O‘z kuningizni o‘zingizni va oilangizni qanday qilib yanada baxtliroq qilish mumkinligi haqidagi g‘oyalar bilan boshlang. Bu dunyoga siz qanaqa yaxshilik olib kela olasiz? Shaxs bo‘lib o‘sish uchun o‘z oldingizga maqsadlar qo‘ying.

14. Boriga shukur qiling

Siz ega bo‘lishni istagan narsalar har doim ham bo‘ladi. Muhimi o‘z orzularingiz va maqsadlaringiz sari harakat qiling, agar ularga erisholmagan bo‘lsangiz bundan tashvishlanish kerak emas. Bilingki, sizda bor narsa ayrim odamlarda yo‘q, lekin ular baribir o‘zlarini baxtli hisoblashadi. Agar siz har kuni boriga shukur qilib yashasangiz, o‘z hayotingizni va o‘z hayotingizni ko‘proq qadrlay boshlaysiz.

15. Yoga bilan shug‘ullaning.

Siz hozir yoga haqida biror-bir tasavvurga ega bo‘lmasangiz ham, bir harakat qilib ko‘rsangiz arziydi. Yoga aqlingizni tozalaydi va sizni kuchliroq qiladi. Hattoki, eng oddiy holat ham ijobiy ta’sir qiladi. Kuningizni yoga bilan boshlang va hammasi yaxshi bo‘ladi.

16. Yodda tuting, xammasi o‘tib ketadi.

Hayotda qiyinchiliklar va omadsizliklar bo‘ladi, va siz o‘zingizni  g‘amgin his qilishingiz mumkin. Bularning hammasidan xalos bo‘lib olg‘a harakat qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘zingizdan so‘rang, bu muammo, siz uchun bir yil, besh yoki o‘n yildan keyin biror bir ahamiyatga ega bo‘ladimi? Hamma narsa o‘tadi, va tez orada siz bu muvaffaqiyatsizliklar haqida unutasiz. Qiyin kunlar bo‘lsa shu haqda eslang.

Sizda faqat bitta hayot bor. Bu hayotda imkon qadar yaxshiroq yashashga harakat qiling.

Manba: Kun.uz