Bilasizmi?

Avtomobil uchun 85 foiz pul to‘lab qo‘yganlar qo‘shimcha pul to‘laydimi?

Xalqaro press-klubda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ishtirokidagi navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xabar qilganimizdek, 1 avgustdan avtomobillar narx oshadi. Ungacha xarid uchun 85 foiz to‘lov qilgan xaridorlar qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshiradimi yoki yo‘qmi degan savolga “O‘zavtosanoat” raisi shunday izoh berdi:

“Avval to‘lov qilgan xaridorlar eski narxlarda avtomashinalarni oladi. Ular qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirmaslik bilan birga, shartnomada keltirilgan kunda, ya’ni, o‘z vaqtida mashinalarini olishadi”, dedi Shavkat Umurzoqov.