Bilasizmi?

Avtokredit barcha o‘qituvchilarga ham berilmasligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tgan haftada qabul qilingan “O‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqeini oshirish” hamda “Yagona maktab formasi bilan ta’minlashga” qaratilgan yangi qonuniy hujjatlarni amalda qo‘llanishi  borasida muhim tafsilotlarni xabar qildi, "Huquqiy axborot" xabariga asosan.

Ushbu mavzuda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tagayev quyidagilarni xabar qildi:

  • uy-joy krediti bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqilib tasdiqlanadi, unda uy-joylar qaysi mezonlar bo‘yicha taqsimlanishi kabi masalalar qamrab olinadi;
  • avtokredit barcha o‘qituvchilarga berilmaydi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avtokredit ajratish tavsiya qilinadigan pedagog xodimlari bo‘yicha ro‘yxat shakllantiriladi, bunda ish staji, yutuqlari va boshqa shu kabi mezonlarga e’tibor qaratiladi;
  • agar bu yilga maktab formasi olib qo‘yilgan bo‘lsa, yangi forma olish shart emas, o‘sha formani kiyib maktabga kelishga ruxsat beriladi;
  • monopoliyaga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni maktab formasini kimdan olishni umuman ahamiyati yo‘q, belgilangan standartga mos kelsa bo‘ldi (maktab formani o‘zlari tiktirsa ham bo‘ladi);

Undan tashqari maktab formasi bo‘yicha takliflar uchun bemalol murojaat qilish mumkin, ya’ni maktab formasi shu shaklda qolib ketmaydi, uch yilgacha fikr mulohazalar o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.