Bilasizmi?

Atom elektrostansiyasi qaysi viloyatda qurilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda birinchi atom elektrostansiyasi Navoiy viloyatida quriladi. Bu haqda  Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi ob’yekt qurilishi uchun maydon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvda hukumatlararo kelishuv, shartnoma, bu ob’yektni foydalanishga topshirish muddatlari, kadrlar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

“O‘zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif qildi. O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri bizga Navoiy viloyatidagi maydoncha haqida ma’lum qilishdi. Yaqin kunlar ichida u yerga yo‘l olib, ma’lumot yig‘ishni boshlaymiz. Loyihaga yondashuvlar muhokama qilindi”, — dedi Lixachyov.

“Rosatom” rahbarining fikriga ko‘ra, birinchi navbatda O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun tegishli davlat organi tashkil etilishi lozim, u respublikadagi atom sohasini tartibga soladi. Ushbu idora “Rosatom” bilan birgalikda qabul qilinishi zarur bo‘lgan bitim, kelishuv va boshqa hukumatlararo qarorlarni tayyorlaydi