Savodli odamning savodsiz odamdan farqi – tirik tananing jasaddan farqichalikdir.
***
Men o‘z dushmanini emas, o‘z ehtiyojini mag‘lubiyatga uchrata olgan kishini jasur kishi deya olaman. Chindan ham, insonning o‘z ustidan qozongan g‘alabasi – eng sharafli g‘alaba!
***
Hayotda ham ziyofatdagidek – na och, na to‘q bo‘lgan yaxshi.
***
Yaxshi boshlangan ish – yarmiga yetgan ish.
***
Bilguvchilar amal qilsinlar. Tushunganlar esa saboq bersinlar.
***
Baxtiyorligimiz o‘zimizdandir.
***
Yoshlik onlarini hadeb tamoyil va shiorlarni aytishga sarflash yoshlarga yarashmaydi.
***
Platon men uchun aziz. Ammo uning qarashlariga e’tirozim bor. Chunki haqiqat undan ham azizroq.
***
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalaganlar ularni dunyoga keltirganlardan ko‘ra ko‘proq faxrlansalar arziydi.
***
Eriga bergan o‘nta e’tiborining to‘qqiztasida ayol o‘zini mehribon qilib ko‘rsatadi. Faqat bir marotabagina u o‘z e’tiborini chindan ham his qiladi.
***
Diyonat bizdan haqiqatni do‘stlarimizdan ham ortiqroq sevishimiz kerakligini talab qiladi.
***
Bekami-ko‘stlik ham illatdir.
***
Farzandi dunyoga kelguniga qadar hech kim ona kabi azoblanmaydi. Shu bois ham, ona farzand uchun hammadan ham ko‘proq qayg‘uradi.
***
Agar odam har bir harakatini o‘zining so‘nggi harakati deb o‘ylaganida edi, u shuhratparastlik istagidan voz kechgan bo‘lardi.
***
Yaxshilik – bu tez-tez qilish va odatlanish orqali o‘rganish mumkin bo‘lgan san’at.
***
Yaxshi rahbar bo‘lishni istagan kishining o‘zi avvalo, rahbar qo‘l ostidan chiqqan ishchi bo‘lishi lozim.
***
Adolatning ustunligi uning og‘ir-bosiqligidadir. Bu xuddi donishmand nazoratida bo‘lishga o‘xshaydi.
***
Dovyurak bo‘lmay turib, bu dunyoda hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Dovyuraklik idrokning eng oliy namunasidir.
Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.