Bilasizmi?

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumotni e’lon qildi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumotni e’lon qildi.

«Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan bo‘lishi shart. Olti oydan ko‘p muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, ya’ni diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin!», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, har yili 100 mingdan ortiq Diversifikatsiya lotereyasi qatnashchilari «Grin-kard» («Green Card»)ni yutib olish uchun kurashadi. Mintaqada «Grin-kard» lotereyalari eng ko‘p ajratilgan mamlakatlar orasida Rossiyadan keyin O‘zbekiston turadi.