Bahor faslining ikkinchi oyi—aprelda tavallud topgan, dunyo ilm-fani, madaniyati, sporti rivojiga munosib hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan shaxslar—sarkardalar, shoir-yozuvchilar, olimlar, jamoat arboblari, aktyor va qo‘shiqchilar hamda sportchilar ko‘pchlikni tashkil etadi. Ular bilan tanishib, aprel oyida tug‘ilgan erkaklar orasida nufuzli shaxslar juda ko‘p ekaniga amin bo‘lasiz.
1 aprelda tug‘ilganlar
1809 yil. Rus yozuvchisi Nikolay Gogol
1815 yil. Nemis siyosiy arbobi Otto fon Bismark
2 aprelda tug‘ilganlar
1805 yil. Daniyalik mashhur yozuvchi, shoir va ertakchi Xans Xristian Andersen
1840 yil. Taniqli fransuz adibi Emil Zolya
1875 yil. «Kraysler» korporatsiyasi asoschisi Uolter Kraysler
1927 yil. Mashhur venger futbol yulduzi Ferens Pushkash
3 aprelda tug‘ilganlar
1958 yil. Amerikalik aktyor, Bolduinlar sulolasi vakili Alek Bolduin,
1961 yil. Gollivud kinoyulduzi Eddi Merfi
4 aprelda tug‘ilganlar
1862 yil. Rassom va shoir Leonid Pasternak
5 aprelda tug‘ilganlar
1588 yil. Ingliz faylasufi va matematigi Tomas Gobbs,
1784 yil. Nemis kompozitori, skribka ustasi, dirijyor va birinchi dirijyorlar tayoqchasini qo‘llagan Lui Shpor,
1976 yil. Ispan futbolchisi Fernando Morentes
7 aprelda tug‘ilganlar
1889 yil. Chililik shoira, Nobel mukofoti sohibasi Gabriela Mistral,
1939 yil. Amerikalik kinorejissyor Frensis Ford Koppola,
1954 yil. Mashhur kinoyulduz, rejissyor va prodyuser Jeki Chan,
1964 yil. Yangi Zelandiyalik taniqli aktyor Rassel Krou
8 aprelda tug‘ilganlar
1938 yil. BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan
9 aprelda tug‘ilganlar
1336 yil. Buyuk o‘zbek sarkardasi, jamoat arbobi Sohibiron Amir Temur
1986 yil. Taniqli o‘zbek futbolchisi, Tojiyevlar sulolasining kenja vakili Farhod Tojiyev
10 aprelda tug‘ilganlar
1847 yil. AQShlik mashhur jurnalist Jozef Pulitser
1894 yil. Atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy
1951 yil. Aykido sport turi ustasi, taniqli kinoaktyor Stiven Sigal
1973 yil. Mashhur braziliyalik futbol yulduzi Roberto Karlos
11 aprelda tug‘ilganlar
1755 yil. Atoqli ingliz varchi, apenditsit hamda Parkinson kasalligi, ya’ni kuchli qaltiroqli falaj kasalligini aniqlagan olim Jeyms Parkinson
1908 yil. Yaponiyaning yirik «Sony» kompaniyasi asoschilaridan biri Masaru Ibuka
1948 yil. Mashhur italiyalik futbol murabbiyi Marchello Lippi
13 aprelda tug‘ilganlar
1743 yil. AQSh siyosiy davlat arbobi Tomas Jefferson
1892 yil. Shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi Robert Uotson-Uatt
1906 yil. Irlandiyalik adib, Nobel mukofoti sohibi Semyuel Bekket
1960 yil. Taniqli nemis futbolchisi va muarabbiy Rudi Fyoller
1963 yil. Mashhur shahmat ustasi, bir necha karra jahon chempioni Garri Kasparov
15 aprelda tug‘ilganlar
1452 yil. Mashhur italiyalik rassom, haykaltarosh, muhandis va olim Leonardo da Vinchi
1707 yil. Matematik, mexanik, fizik va astranom Leonard Eyler
1878 yil. Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy
1952 yil. Atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq
16 aprelda tug‘ilganlar
1867 yil. Amerikalik ixtirochi, aka-uka Raytlarning kattasi Uilber Rayt
1889 yil. Mashhur kinoaktyor va rejissyor Charli Chaplin
19 aprelda tug‘ilganlar
1832 yil. Ispan adibi, Nobel mukofoti sohibi Xose Echegaray-i-Eysagirre
1912 yil. Amerikalik fizik-kimyogar, plutoniy kashfiyotchisi, Nobel mukofoti sohibi Glenn Teodor Siborg
1972 yil. Braziliyalik mashhur futbolchi Rivaldo
20 aprelda tug‘ilganlar
1889 yil. Nemis siyosat va jamoat arbobi Adolf Gitler
21 aprelda tug‘ilganlar
1864 yil. Nemis iqtisodchisi va tarixchisi, zamonaviy sotsiologiya asoschisi Maks Veber
1985 yil. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Anzur Ismoilov
22 aprelda tug‘ilganlar
1724 yil. Atoqli nemi faylasufi Immanuil Kant
1854 yil. Belgiyalik siyosat arbobi, tinchlik yo‘lidagi xizmatlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Anri Lafonten
1899 yil. Rus adibi Vladimir Nabokov
1937 yil. Amerikalik aktyor va rejissyor Djek Nikolson
1978 yil. O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq a’zosi Xayrulla Karimov
1982 yil. Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Kaka
23 aprelda tug‘ilganlar
1564 yil Atoqli ingliz adibi Uilyam Shekspir,
1858 yil. Nemis fizigi 1918 yilgi Nobel mukofoti sohibi Maks Plank
1902 yil. Islandiyalik adib, 1955 yilgi Nobel mukofoti sohibi Xaldour Kilyan Laksness
1918 yil. Taniqli rus kinoaktyori Georgiy Vitsin
1930 yil. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori Laziz Qayumov
25 aprelda tug‘ilganlar
1840 yil. Rus kompozitori va dirijyori Pyotr Chaykovskiy,
1873 yil. Mikrobiolog olim, yuqumli bakteriyalar sohasidagi yirik tadqiqotchi Feliks D’Erel
1874 yil. Italiyalik radiotexnik, Nobel mukofoti sohibi Gulelmo Markoni
1928 yil. Rus kinoaktyori Yuriy Yakovlev
1940 yil. Amerikalik taniqli kino va teatr aktyori Al Pachino
26 aprelda tug‘ilganlar
1798 yil. Taniqli fransuz rassomi Ejen Delakrua
1886 yil. Tatar xalq shoiri Abdulla To‘qay
1900 yil. Amerikalik fizik olimi va seysmolog Charlz Frensis Rixter
1938 yil. O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol
1954 yil. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
1974 yil. O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov
27 aprelda tug‘ilganlar
1759 yil. Ingliz yozuvchisi Meri Godvin
1791 yil. Amerikalik rassom, Morze alifbosi kashfiyotchisi Semyuel Morze
1820 yil. Ingliz faylasufi va sotsiologi Gerbert Spenser
1896 yil. Amerikalik kimyogar, sintetik polimer, ya’ni neylonni kashf etgan olim Uolles Xyum Karozers
1927 yil. Taniqli rus komik aktyori Yevgeniy Morgunov
28 aprelda tug‘ilganlar
1753 yil. Nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi bo‘lib spirt va uksus olishga erishgan Frans Axard
1916 yil. Italyan avtosanoatchisi Ferruchchio Lamborjini
1973 yil. O‘zbekiston Respubikasida xizmat ko‘satgan artist Rashid Xoliqov
30 aprelda tug‘ilganlar
1857 yil. Shvetsar psixitari, shizofreniya atamasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim Eygen Bleyler,
1967 yil. Taniqli rus qo‘shiqchisi Filipp Kirkorov.