Amir Temurning 18ta xotini va 20ga yaqin surayyolari bo‘lgan. Bu o‘sha davr o‘lchovida kichik haram hisoblangan. Amir Temur davlat ishi va mamlakatni rivojlantirish, kengaytirish masalasini ustuvor deb bilgan. U oddiy o‘tovni shinam va qulay saroy hayotidan afzal ko‘rgan. Amir Temur umrining asosiy qismi jang maydonida yoki uzoq safarlarda o‘tgan.
Amir Temur xotinlari orasida eng mashhuri Bibi Xonim, yoki Saroy Mulk Xonim bo‘lgan. Saroy Mulk Xonim Chingizxonning nabirasi bo‘lgani uchun, unga uylanganidan keyin Amir Temur Guragon unvoniga sazovor bo‘lgan. Amir Temur va Saroy Mulk Xonimning bolalari bo‘lmagan.
Amir Temurning oila a’zolari haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar to‘liq emas, shuning uchun faqat tarixda eng yorqin iz qoldirgan xotinlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Biz to‘plagan batafsil ma’lumotni infografikamizdan tomosha qiling.
Sohibqironning xotini Turmush og‘adan tug‘ilgan o‘g‘li Umarshayx Mirzo va nabiralari Ali mirzo, Rustam mirzo, Iskandar Sulton Mirzo, Boyqaro mirzo va boshqalar bo‘lgan.
Dilshod og‘adan o‘g‘li Shoxrux mirzo, Nabirasi Ulug‘bek, Sulton Muhammad va boshqalar dunyoga kelgan.
Menglik Qurbon og‘adan o‘g‘li Mironshoh, nabiralari Muhammad Sulton, Og‘a begim, va boshqalar tug‘ilgan. Amir Temurning chevarasi bo‘lgan o‘zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur ham Menglik Qurbon og‘a avlodidan bo‘lgan.
Bu yil Amir Temur tavalludiga 680 yil to‘ldi. O‘zbekistonda Amir Temur tavalludi 9 aprel kuni nishonlanadi. Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. Sahifamizda bunga bag‘ishlangan fotolavhamizni ham tomosha qilishingiz mumkin.
Manba: Sputniknews-uz.com