Bilasizmi?

Aliment to‘lamaganlardan haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda aliment to‘lamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilishi mumkin.

Bolalarni himoya qilish va aliment to‘lovlarini to‘lashni ta’minlash bo‘yicha yangi takliflar parlamentning quyi palatasida o‘tkazilgan davra suhbatida muhokama qilindi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida" qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishdi.

Deputatlar aliment to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan shaxslardan haydovchilik guvohnomasini vaqtinchalik olib qo‘yish amaliyoti tatbiq etilgan xorijiy davlatlarining tajribasini o‘rganib chiqishdi.

Shuningdek, aliment olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu tuzilma voyaga yetmaganlarga alimentlarni to‘lab, keyinchalik qarzdorlardan majburiy undirish choralari ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 2,3 ming kishi aliment to‘lovlardan qarzdor bo‘lgan shaxslar qidiruvga berilgan.