Omadli emas, qadrli inson bo‘lishga harakat qiling.
Albert Eynshteyn
Dunyo unda yashayotgan yovuzlar tufayli emas, bekorchilar bois ham yashash uchun xavfli makon.
Albert Eynshteyn
Ko‘p o‘qib, idrokini juda kam ishga solgan odam xayolparastlik illatiga yo‘liqadi.
Albert Eynshteyn
Kichkina narsalarga oid haqiqatga ko‘z yumib ketaveradigan odamga katta masalalarga xos arzimagan ishlarni ham ishonib bo‘lmaydi.
Albert Eynshteyn
Kecha – ustozing, bugun – yashash uchun sabab, erta – umiding bo‘lsin. Eng muhimi – serhafsala bo‘lishni va olg‘a intilishni to‘xtatma.
Albert Eynshteyn
Oylab, yillab o‘ylayman. To‘qson to‘qqiz marotaba xulosalarim xato chiqadi. Yuzinchi marotaba esa taxminlarim to‘g‘ri ekanini aniqlayman.
Albert Eynshteyn
Ilmning buyuk eshiklarini ochadigan omil idrok emas, avvalo fe’l-atvordir.
Albert Eynshteyn
Ilmda tasavvurning ahamiyati yuqori. Mantiq sizni "A" dan "B" ga olib boradi. Tasavvurning manzillari esa chegaralanmagan.
Albert Eynshteyn
E’tiqodsiz ilm – oqsoq, ilmsiz e’tiqod esa so‘qirdir.
Albert Eynshteyn
Unchalik ham aqlli emasman, ammo muammolarga qarshi uzoq vaqt kurasha olaman.
Albert Eynshteyn
Tajriba – bilimning yakka-yagona manbaasi.
Albert Eynshteyn
Telbalik va daholik o‘rtasidagi farq shundaki, daholikning chegarlari bor.
Albert Eynshteyn
O‘z chegaralarini tan olgan inson kun kelib ularning sarhadini kesib o‘tadi.
Albert Eynshteyn
Modomiki odamlar jazolardan qo‘rqqanliklari, mukofotga umid bog‘laganlaiklari uchun yaxshi bo‘lsalar, unda bu chindan ham achinarli.
Albert Eynshteyn
Aqllilar muammolarga yechim topishadi. Daholar esa muammolarning oldini oladilar.
Albert Eynshteyn
Masalaning yechimi oydinlashib borgani sayin Xudo savollaringga javob qaytarayotgan bo‘ladi.
Albert Eynshteyn
O‘yinni o‘ynashdan avval uning qoidalarini yaxshilab o‘rganib ol.
Albert Eynshteyn
Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi – yiqilmaslik uchun harakatda bo‘lish kerak.
Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.
Albert Eynshteyn