O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov davlat organlari va idoralar rahbarlariga, jumladan mahalliy hokimiyatlarga aniq ish reglamentini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Majlislar tartibi va samaradorligini oshirish maqsadida ular sonini keskin kamaytirish nazarda tutilmoqda: ular grafika bo‘yicha o‘tkazilib, haftasiga 2−3 martadan oshmaydi.
Bundan tashqari majlislar davomiyligi davlat darajasida 2 soatgacha, viloyat, tuman va shahar darajalarida 1−1,5 soatgacha qisqartiriladi.
Abdulla Aripov majlislarni noqulay vaqtda (tong sahar va kechqurun) o‘tkazilishini va ularga umumiy masalaga aloqasi bo‘lmagan agentliklar va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlarini, fermerlar va tadbirkorlarni chaqirishni taqiqladi. Shu bilan birgalikda har bir qatnashchining chiqishi 5−7 daqiqa qilib cheklash belgilandi.
Mazkur hujjatda respublika markaziy apparatidan hududlarga komissiya va ishchi guruhlarining borishi faqatgina kompleks rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Xizmat safarlarining samaradorligi bo‘yicha nazorat o‘rnatish belgilandi.
Bosh vazir ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish va quyi organlar hamda mahalliy hokimiyatlardan keraksiz hisobotlar va ma’lumot olishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avgust o‘rtasida Shavkat Mirziyoyev hokimlarning xorijiy safarlari samaradorligini tanqid qilgan edi.