Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni haqida ma’lumot berdi.
Abduhakimovning ma’lum qilishicha, 2 avgust kungi test sinovlarida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 63 ta ta’lim yo‘nalishida 57 ming 849 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1219 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 486 nafar abituriyent sinovlardan chetlashtirildi.
Shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zganing o‘rniga kirishga, 235 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringan.
2 avgust test natijalari 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.
Respublikada test sinovlari 1-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan.