Bilasizmi?

1 iyuldan eski namunadagi pasportlar «bir parcha qog‘oz»ga aylanadi

Toshkent shahar IIBB ushbu yilning 1 iyulidan boshlab eski turdagi biometrik bo‘lmagan pasportlarning amal qilishi to‘xtatilishini yana bir esga soldi.

"Toshkent shahar IIBB 2018 yil 1 iyuldan biometrik bo‘lmagan fuqarolik pasportlarining amal qilmasligi hamda buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganligini ma’lum qiladi. Sizdan o‘z vaqtida pasportlaringizni almashtirishni so‘raymiz", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26 maydan e’tiboran soat 08:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.