Bilasizmi?

Yana bir tashkilot xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi, deb yozadi Norma.

Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga propiska qilinishi lozim. Poytaxt yoki poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish huquqi 11-bandga asosan propiska qilinganlarda lavozimda kamida 3 yil bo‘lgandan keyin vujudga keladi.

Fuqarolarning mazkur toifasi doimiy propiskani rasmiylashtirishda tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasini hamda lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani taqdim etishlari kerak.