Bilasizmi?

Uorren Baffet: “Badavlat bo‘lishimga hech qachon shubha qilmaganman”

Mashhur fikrlari:

"Hech qachon badavlat bo‘lishimga shubha qilmaganman".

“To‘g‘riso‘zlik – juda qimmatli xususiyat. Uni o‘zini arzon baholaydigan odamlardan kutish foydasiz”.

"Men doim kun kelib badavlat bo‘lishimga ishonar va bunga hech qachon shubha qilmas edim".

“Kimdir uzoq yillar avval daraxt ekkani uchun hozir kimdir soya-salqinda dam olyapti”.

“Modomiki bugun o‘zingizga keraksiz narsani sotib olgan ekansiz, ko‘p o‘tmasdan o‘zingizga zarur narsani sotishga majbur bo‘lasiz”.

“Har qaysi taqvodorning o‘z o‘tmishi bo‘lgani kabi, har bir gunohkorning ham o‘z kelajagi bor”.

“Garchi, eng qimmat kostyum-shimlarni sotib olsam ham, ular mening egnimda arzon bo‘lib ko‘rinadi”.

“O‘zlari sevgan ishni qilganlar – jahondagi eng muvaffaqiyatli kishilaridir”.

“Har doim o‘zingizdan kuchli kishilar suhbatida bo‘lishga intiling”.

“Chuqurga tushib ketgan bo‘lsangiz, qazishdan boshqa ilojingiz yo‘q”.

Kamtarlikning betakror timsoli

Uorren Baffet 1930 yilning 30 avgust kuni Amerikaning Nebraska shtatida tug‘ilgan. U 2008 yilda “jahoning eng boy kishisi” nomini qo‘lga kiritgan. Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbarining hisobidagi mablag‘i 70 mlrd AQSh dollaridan ziyod.

Baffetni "Omaha sehrgari”, “afsonaviy investor” yoki "Omaha donishmandi” deb ham ataydilar (Omaha-o‘zi tug‘ilgan joy nomi). Uorren o‘zining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va o‘zining ulkan boyligiga qaramasdan, tug‘ma iqtisodiy bashorat qila olish, ertani ko‘ra olish qobiliyati bilan ham mashhur. Shuningdek, janob Baffet ko‘zga ko‘ringan saxovatpeshalardan. Uning fikricha, insonning baxtiyorligining 99 %i uning xayrli ishlari tufaylidir.

Baffet ilk ta’limni Omahadagi Rose Hill boshlang‘ich maktabida oladi. 1942 yili uning otasi AQSh Kongressiga saylanadi va oila Vashingtonga ko‘chib o‘tadi.

Baffet kichkinaligidayoq pul jamg‘arishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shug‘ullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik do‘konida ham ishlagan. Yuqori sinflarda o‘qib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yig‘adi.

Uorren 11 yoshidan boshlab birja savdolarida ishtirok eta boshlagan. O‘shanda u o‘zi va singlisi uchun Cities Service aksiyalaridan 3 dona, har donasini $38,25 dollardan sotib oladi. Ko‘p o‘tmasdan bu aksiyalar narxi 27 dollarga tushib ketadi. Ammo Uorrenning baxtiga narx yana ko‘tarilib, yosh tadbirkor aksiyalarni 5 dollar qimmatroqqa sotgan. To‘satdan bu aksiyalar bahosi 200 AQSh dollaridan oshib ketadi va Uorren shunda investor har qanday sharoitda ham sabrli bo‘lishi, vahimaga tushmasligi, muvaffaqiyatga ishonishi kerakligi to‘g‘risida xulosa yasaydi hamda bunga bir umr amal qiladi.

Universtitetda o‘qish davomida biznesga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Baffet $90,000 dan ko‘p pul to‘plagan.

Uorren Omahaga qaytgach Deyl Karnegi Jamiyatining notiqlik kursiga olingunga qadar birja makleri sifatida faoliyat yuritadi. Ish davomida u Omaha universtitetining kechki guruhida "Investitsiya Asoslari” fanidan dars berishga qaror qiladi va dars o‘tishni boshlaydi. Talabalarning o‘rtacha yoshi uning o‘zining yoshidan 2 marta katta edi o‘shanda. 1954 yili Baffet Benjamin Graham bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ladi. Uning boshlang‘ich maoshi yiliga $12,000 edi.

Uorren Baffet har doim o‘zining nutqlarida bir avloddan ikkinchi avlodga katta miqdordagi mablag‘ning meros bo‘lib o‘tishini qoralaydi. Uning aytishicha, 3ta farzandi uning boyligining faqat juda kichik qisminigina meros qilib oladilar. Baffet "Men bolalarimga hech nima qilmasdan, bekorchi bo‘lib va bemalol yashashlariga yetadigan emas, balki o‘zlari orzu qilgan ishlarini amalga oshirishlariga yetadigan darajada meros qoldiraman”, degan.

Uorren Baffet – kamtarlikning a’lo namunasidir. U hali ham 1958 yilda 31500 dollarga sotib olgan Omaxa shahridagi uyida yashaydi. Hisobida milliardlab dollari bo‘lishiga qaramasdan, Baffet hashamatli qasrda yashashda ma’no ko‘rmaydi. U o‘zining besh xonali kamtarona uyida istiqomat qilayotganidan baxtli.