Bilasizmi?

Turkmanistonda o‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktab ochilishi mumkin

Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida ta’lim o‘zbek tilida yuritilish ehtimoli bo‘lgan yangi maktab uchun muhtamal o‘quvchilarni tanlab olish maqsadida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar ro‘yxatga olinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta mobaynida o‘zbek va qozoq oilalaridagi bolalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha faollik kuzatilyapti.

«Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga yaqindagi tashrifdan keyin ko‘pchilik bu ro‘yxatga olish viloyatda o‘zbek maktablari barpo etish maqsadida amalga oshirilyapti, deya umid qilmoqda. Bu mintaqada ta’lim o‘zbek tilidagi yuritilgan maktablar Turkmanistonning birinchi prezidenti davrida yopilgandi», deydi mahali jurnalist.

Ma’lumot uchun, Toshhovuzning ayrim tumanlarida aholining aksar qismini o‘zbek millatiga mansub vatandoshlar tashkil etadi lekin o‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktab yo‘q.