Bilasizmi?

Turkiya 30 dan ortiq talabasini amaliy mashg‘ulot o‘tkazish uchun O‘zbekistonga olib keldi

Turkiyaning Radio va televideniye yuksak tashkiloti (RTÜK​) tomonidan har yili ananaviy tarzda o‘tkaziladigan "Kelajak ila rishta" amaliy mashg‘ulotining navbatdagi soni ilk marotaba O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. 7-12 may kunlari Buxoro-Samarqand-Toshkent shaharlarida o‘tkaziladigan bu amaliy mashg‘ulotida Turkiyada ta’lim olayotgan dunyoning turli burchaklaridan 30 dan ortiq talaba qatnashmoqda. Utgan 2 kun ichida xorijiy mehmonlar Buxorodagi Naqshbandiy maqbarasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qalasi, Mir Arab madrasasi, Kalon masjidi, Kalon minorasi va Kush madrasa kabi bir qancha tarixiy yerlarni ziyorat yetdilar va O‘zbekiston haqidagi tushunchalarini biz bilan o‘rtoqlashdilar.

Dmitri Neagu; Komrat, Gagauz avtonomiyasi, Moldova (Akdeniz universiteti, Antalya):

- O‘zbekistonga kelishdan avval xam bu yerlarga qiziqishim bor edi. Chunki biz Bolqonlarni yaxshi taniymiz, Turkiyaga kelgandan so‘ng u yerning tarixiga xam qiziqa boshladim. Sharq tomonga biroz utadigan bo‘lsak, Turkiston va Kavkaz xalqlari madaniyati va tarixi orasida o‘zbeklarniki eng boylaridan biridir va tabiiyki o‘zbek xalqi bizning qardoshimizdir. O‘zimiz xam Gagauz turki bo‘lganimiz uchun O‘zbekistonga kelib madaniyati o‘xshash bir xalqni o‘rganishni xohladim. Tilimiz qanchalik o‘xshaydi, kiyinishimiz, ovqatlarimiz uzun vaqtlardan beri ayro yerlarda yashaganimiz uchun bir-biridan uzoqlashdimi kabi savollarimga o‘z guvohligim bilan javob olishni maqsad qildim. Hozir ikkinchi kun Buxorodamiz va ko‘ryapmanki, madaniyatimizda bo‘lishiga qaramay qardosh xalq bo‘lganimizni ko‘rsatadigan o‘xshashliklar bor ekan. Buni ovqatlarda, suhbatlashishda kurdim. Arxitektura masalasida esa bu madaniyatning o‘rta asrlardan beri juda rivojlanganini aytib o‘tmoqchiman va bu o‘rta asrlarda barpo etilgan obidalarni muhofaza qilishni va kelajak avlodga yetkazishni uylashlarini angladim. Men bilan birga kelgan yoshlar uchun xam bu sayohat foydali buladi deb uylayman, chunki ko‘rganlarimiz ularda yaxshi taasurot qoldirganiga ishonchim komil. Rtuk (RTÜK​) bu loyihani amalga oshirib juda yaxshi ish qildi. Xar birimiz bu sayohatdan o‘zimiz uchun kerakli bilimlar oldik.

Gkioktse Dour; Iskeche, Yunoniston (Ege universiteti, Izmir):

- Avvalo, o‘zimizning davlatdan butunlay boshqa bir joylarni ko‘raman, deb uylagandim. Ammo bu yerning me’mori obidalarini ko‘rganimda o‘z o‘lkam yodimga tushdi. Biroq bu yerda jaranglagan musiqani eshitganimda bu o‘xshashliklar butunlay xayolimdan chiqdi va buning o‘rniga bugunga kadar eshitgan musiqamdan juda xam farqli musiqa meni ta’sirlantirdi. O‘zbek raqsi xam e’tiborimni tortdi. Raqqosalarning nozik harakatlari tomoshabinlarni o‘ziga jalb etadi. Men o‘zimni o‘z tarixi bilan tamoman bir butun bo‘lgan o‘lka ichiga tushdim.

Enesa Bosnjo; Bosniya va Gersogovina (Katib Chelebi universiteti, Izmir):

- Men tarixiy yerlarni juda yaxshi ko‘rganim uchun Buxoro menda yaxshi taasurotlar qoldirdi. O‘zbekiston madaniyatining farqliligiga qaramasdan dinimiz tufayli o‘zimni xuddi vatanimdagidek his qildim. Ammo kiyinish madaniyati juda farqli ekan. Bizning davlatimizda bundan yorqin ranglarni kiyimlarda ishlatmaymiz va bu rangbaranglikni yoqtirdim. Dekoratsiyalarga keladigan bo‘lsak, Sarayevoda ko‘rganlarim bilan o‘xshash ekan.

Ege universiteti talabasi Madinabonu PULATOVA suhbatlashdi