«Suvsoz» korxonasi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida sentyabr-oktyabrda Toshkent suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib boriladi.
Poytaxtning ayrim tumanlarida suv ta’minotida uzilishlar va suv quvurlarida suv bosimining pasayishi kuzatiladi.
Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi yuk mashinalari yuboriladi. «Suvsoz» Markaziy dispeqerlik xizmati: 1054, (71) 256−10−95, 252−55−78, 252−60−08.