Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Qirol kubogi musobaqasining finaliga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga asoslangan holda, Sof.uz yozmoqda.
Yarim finalda ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov, Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovlar raqiblari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliyev va Jasurbek Latipovlar esa imkoniyatni boy berib qo‘yib, bronza medal bilan kifoyalandilar.