Oliy ta’lim hamda kasbga yo‘naltirish sohasida dunyoning yirik kompaniyalaridan biri QS Quacquarelli Symonds tomonidan ta’lim olish uchun qulay hisoblangan dunyoning 10 ta eng ommabop shaharlari ro‘yxati shakllantirildi. Oliy ta’lim muassasalarining top 10 taligini tuzishda kompaniya shaharlarda talabalar uchun mavjud imkoniyat, ehtiyoj yuqori kadrlar tayyorlash tizimi, bitiruvchilarga talabning yuqoriligi va kasbiy istiqbol kabi mezonlarga asoslandi.
- Seul, Janubiy Koreya
[caption id="attachment_3001" align="alignnone" width="721"] Seul[/caption]
Seulni bilmaydiganlar, hech bo‘lmasa undagi hashamatli turar-joylar, xonadonlar joylashgan Kangnam hududini eshitgan bo‘lsalar kerak. Boisi ijtimoiy videotarmoqlarda ilk marotaba milliard marotabadan ziyodroq ko‘rilgan Koreya pop hiti “Kangnam Stayl” (Kangnamcha uslub) aynan shu joy haqida. Seul o‘zining kuchli mutaxassislari va universitetlari bilan ham taniqli. Bu yerda malakali kadrlarga ham talab yuqori. Shunigdek, McDonald’s restoranining Seuldagi bo‘linmasining 24 soat mobaynida ishlashi ham kechgacha dars tayyorlab, och qolgan talabalar uchun ayni muddao.
- Toronto, Kanada
[caption id="attachment_3002" align="alignnone" width="720"] Toronto[/caption]
“Mix qoqsang ham, diploming bo‘lsin” deydigan kanadaliklar yer yuzidagi eng peshqadam ilm sohiblari hisoblanishadi. Toronto shahri esa o‘ziga ishongan bitiruvchilarni bajonidil bag‘riga oladi. Bu shaharda Toronto universiteti, York universiteti, Torontodagi Rayerson universitetlari jahonning eng peshqadam 10 ta oliy ta’lim dargohlari qatoriga kiradi. Shuningdek, Toronto shahri xalqaro talabalarga mezbonlik qilishda ham eng “mehmonnavoz” shahar.
- Monreal, Kanada
[caption id="attachment_3003" align="alignnone" width="720"] Monreal[/caption]
Monrealga nisbatan ko‘pincha uning ostidagi 30 chaqirimli yerosti tunelini hisobga , ikkita shahardan iborat hudud, deb ham ta’rif beriladi. Shaharning me’moriy tuzilishi tamomila talabalar didiga mos. Bu hududda joylashgan teatrlar, kinoteatr va savdo uylari, barlar va dam olish maskanlari doimo yoshlar bilan tirband. Xalqaro talabalarga mezbonlik qilishda bu shahar ham hamyurti Torontodan qolishmaydi.
- Tokio, Yaponiya
[caption id="attachment_3004" align="alignnone" width="720"] Tokyo[/caption]
13 milliondan oshiq aholiga ega Tokio dunyoning eng aholi gavjum shaharlaridan biri. Garchi, bu yerda xalqaro talabalar soni u qadar yuqori bo‘lmasa-da, shahar mutaxassislarga eng ko‘p ehtiyoj sezadigan, kasbiy istiqbolga erishish imkoni yuqori joydir. Shahardagi yirik – Tokio universiteti bu maskan o‘qish istagida hujjat topshirgan abituriyentlarning 70 %ini qabul qiladi.
- Boston, AQSh
[caption id="attachment_3005" align="alignnone" width="720"] Boston[/caption]
“Men hozirgina Bostondan qaytdim. Agar sen u yerda o‘zingni yo‘qotib qo‘ymasang, shu sening bu shahardagi eng katta yutug‘ing bo‘ladi,” degan edi amerikalik radiomenlardan biri Fred Allen do‘stiga yozgan maktubida. Lekin shaharning gavjumligiga ishora bu qochirim 1953 yil aytilgan. Massachusets poytaxti bo‘lmish Boston “ish beruvchilarga boyligi” bo‘yicha eng peshqadam shahardir va shu shtatda joylashgan Harvard universiteti, Massachusets Texnologiya instituti jahonda eng nufuzli bo‘lib, ular bitiruvchilariga birinchilardan bo‘lib quchoq ochadigan imkoniyatlar markazidir.
- Hong Kong
[caption id="attachment_3006" align="alignnone" width="720"] Hong Kong[/caption]
Hong Kong – dunyoning aholiga boy, eng baland, osmono‘par binolari joylashgan, shu bilan birga 24 ta tomoshabog‘ va xiyobonlar, hattoki o‘z Disneylendiga ega shahar. Shuningdek, bu shahar talabalarni o‘ziga chorlashi va cho‘ntakbopligi bilan qolgan shaharlar orasida peshqadamdir. Shu sababli ham, unga “Osiyoning jahonshumul shahri” degan nom berilgan. Hong Kong universiteti Osiyoning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari uchligidan joy olgan.
- Sidney, Avstraliya
[caption id="attachment_3007" align="alignnone" width="720"] Sidney[/caption]
“Modomiki, Parij chiroqlarga boy ravshanlik shahri ekan, Sidney esa yorqin mushakbozlik shahridir!” degan edi aktyor Baz Lurman. Ehtimol, bu unchalik ham to‘g‘ri fikr emasdir. Boisi – Sidneyda feyerverk sotib olishingiz uchun maxsus ruxsatnoma kerak. Lekin Sidney abituriyentlar oqimini eng ko‘p qabul qiladigan, bilim olish, ish topish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan shahar.
- London, Angliya
[caption id="attachment_3008" align="alignnone" width="720"] London[/caption]
“Londondan to‘yib ketgan odam – hayotdan to‘ygan odam,” degan edi adabiyotshunos Samuel Jonson XVIII asrda. Londonda zerikkan talaba esa, hech bo‘lmasa ilmiy-malakaviy bitiruv ishini yozishga kirishadi. London ham xalqaro talabalarga mezbonlik qiluvchi, mehmondo‘st shaharlar sirasiga kiradi. Bilimli bitiruvchilarga talab yuqori, o‘qish uchun qulay Londonda istiqomat qilish qimmat bo‘lgani bois, u mazkur ro‘yxat birinchiligiga da’vogarlik qila olmayapti.
- Melburn, Avstraliya
[caption id="attachment_3009" align="alignnone" width="720"] Melbourne[/caption]
Oldingi yili ro‘yxatda “eng yaxshi beshlik”dan o‘rin olgan Melburn shahri joriy yilgi ro‘yxatda 3 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu muvaffaqiyatni shaharga ilm izlab kelgan xalqaro talabalar oqimining oshganligi bilan bog‘lash mumkin. Avstraliyaning yirik shaharlaridan biri hisoblangan Melburn iqtidorli talabalarga ulkan imkoniyatlarni va’da qilmoqda.
- Parij, Fransiya
[caption id="attachment_3010" align="alignnone" width="720"] Paris[/caption]
“Parijda ta’lim olmoqlik – Parijda tug‘ilmoqlik demakdir,” degan edi adib Viktor Hyugo. Parij peshqadam universitetlari bilan, xalqaro talabalarni jalb qilish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, qulay ta’lim muhiti va istiqbolli kasbiy yuksalish mezonlari bo‘yicha bu yilgi ro‘yxatda 1 o‘ringa munosib ko‘rildi.