Bilasizmi?

Tabassumga moyil fikrlar

Bolaga ism qo‘yganingda unli harf bilan tugaydigan nom tanla. Shunda uni chaqirganingda seni tezroq eshitadi.

Bill Kozbi

***

Gapirmaganim tufayli hali hech qachon aziyat chekkanim yo‘q.

Kelvin Kulij

***

Keksayganing sayin uch narsa ro‘y beradi. Birinchisi xotirangdan ayrilasan. Qolgan ikkitasini negadir eslay olmayapman!

Norman Vizdom

*** 

Saksonga kirguningcha hamma narsani ko‘rasan va o‘rganasan. Birgina muammo bularni kerak paytda eslay olmaysan.

Jorj Byorns

*** 

Aytishlaricha, agar siyosatda aytilgan biror gapdan boxabar bo‘lmoqchi bo‘lsang erkakdan so‘rash, bo‘lgan ishni bilish uchun esa ayolga murojaat qilish lozim.

Margaret Tetcher

 ***

Ayollar hech qachon erkaklar kabi omadli bo‘la olishmaydi. Chunki ularning  maslahatchi xotinlari yo‘q.

Dik Ven Dayk

***

O‘g‘rilarga yo puling yoki hayoting kerak. Xotiningga esa ikkalasi ham kerak.

Samuel Batler

*** 

Ayolning shubhasi erkakning ishonchidan aniqroq bo‘ladi.

Ridyard Kipling

*** 

Omadli erkakning atrofida ayollar girdikapalak bo‘lishadi. Uning ortida esa xotini turgan bo‘ladi.

Graucho Marks

*** 

Agar dunyoda ayol bo‘lmaganida, barcha mol-davlat o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan bo‘lar edi.

Aristotel

*** 

13 yoshimgacha “ko‘p gapirma” mening ismim bo‘lsa kerak, deb o‘ylaganman.

Jo Namet

*** 

Meni o‘g‘irlashgach, barmog‘imni kesib otamga jo‘natishdi. U bo‘lsa faqat shuning o‘zi yetarli isbot bo‘lolmasligini aytibdi.

Rodni Denjerfild

***

Futbolni «hayot-mamot masalasi» deb o‘ylab ko‘pchilik yanglishadi. Aslida, futbol – bundan ham muhimroq masala.

Bill Shankli

*** 

Mehmon baliqqa o‘xshaydi: uch kun o‘tgach sasishni boshlaydi.

Benjamin Franklin 

*** 

Jamiyat shunchalar bag‘rikengki, u daholikdan bo‘lak hamma narsani kechiradi.

Oskar Uayld

*** 

Barcha narsa, hatto axlatning ham pul turishini ayolga uqtirish – dunyodagi eng qiyin ishlardan biri.

Edgar Uotson 

***

Ayollar xato qilib noto‘g‘ri yo‘ldan yurishganida, erkaklar ularga ergashib to‘g‘ri yo‘ldan borishadi.

Mey Uest

***

Kundalik mehmon – oshxona o‘g‘risi.

Qadimiy maqol 

***

Ayolning aqli erkaknikidan ancha tozaroq bo‘ladi. Chunki u buni tez-tez almashtirib turadi.

Oliver Herdford 

***

Nihoyat, 38 yoshimda men ayoldan o‘zim eshitishni xohlagan so‘zlarni eshitdim: “Men millioner otamning yagona merosxo‘riman”.

Mark Klein 

 ***

Birinchi kun – mehmon. Keyingi kun – tashvish. Uchinchi kun esa – zararkunanda.

Eduar  Leybole

*** 

Ayollarga jim turgan erkak yoqadi. Ular “u meni tinglayapti” deb o‘ylashadi. Qadimiy hazil

*** 

Sevgi eshshakni ham raqs tushishga o‘rgatadi.

Fransuz maqoli

*** 

Men o‘zim yo‘qotgan barcha narsalar orasidan ayniqsa xotiramni juda sog‘inaman.

Mark Tven

***

Xotinimdan tug‘ilgan kunini qayerda nishonlamoqchi ekanligini so‘radim. “Ilgari hech ham bo‘lmagan biror yerda nishonlash niyatidaman,” javob berdi u. “Unda oshxona eng yaxshi joy!” maslahat berdim unga.

Genri Yangmen

***

Idoradagi oltin qoida shuki, boshliqning latifasiga doimo kulish kerak.

Robert Paul

***