Sizga dabdurustdan ana shunday savol berib qolishsa, o‘zingizcha xulosalab, ma’lum javobni berasiz. Balki, mantiqan olganda, siz bu mashhur shaxslar bilan bog‘liqlikni to‘g‘ri toparsiz. Biroq ortiqcha urinib o‘tirmang. Biz nomlari sarlavhada zikr etilgan mashhur yozuvchi, faylasuf, sportchilar, san’atkoru aktyorlarni umumiylashtirib turgan jihatni shunchaki ular tug‘ilgan oy bilan bog‘ladik. Ya’ni ularning barchasi Yoz faslining birinchi oyi Iyunda tavallud topishgan. Quyida ana shunday mashhur insonlar bilan tanishasiz.
1 iyun
1796 yil. Termodinamika asoschisi, fransuz fizigi Sadi Karno,
1937 yil. Gollivud kinoyulduzi Morgan Frimen,
2 iyun
1740 yil. Fransuz yozuvchisi Donaten Alfons De Sad,
1909 yil. O‘zbekiston xalq artisti Abdurauf Boltayev,
1972 yil. Amerikalik aktyor, “Asirlikdan qochish” serialida butun dunyoga tanilgan Uentuort Erl Miller.
3 iyun
1843 yil. Rus botanigi va tabiatshunosi Kliment Arkadevich Timiryazev,
1924 yil. Shved vrach-neyrofiziologi, 1981 yilgi Nobel mukofoti sohibi Torsten Nils Vizel,
1974 yil. Ukrain futbolchisi Sergey Rebrov,
1986 yil. Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 14-karra g‘olibi, 2008 yilgi Olimpiada chempioni Rafael Nadal
4 iyun
Eramizdan avvalgi 469 yil. Yunon faylasufi Suqrot,
1910 yil. Ingliz ixtirochisi, havo shari yaratuvchisi Kristofer Kokkerell,
1985 yil. Germaniya milliy futbol terma jamoasi xujumchisi Lukas Podolski.
5 iyun
1898 yil. Ispan shoiri va dramaturgi Federiko Garsia Lorka,
1900 yil. Fizika bo‘yicha 1971 yilgi Nobel mukofoti sohibi, golografiya asoschisi Dennis Gabor,
1957 yil. Taniqli o‘zbek kinorejissyori Yusuf Roziqov
6 iyun
1599 yil. Ispan rassomi, barokko uslubining yirik vakili Diyego Rodriges de Silva Velaskes,
1799 yil. Atoqli rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin,
1875 yil. Nemis adibi Tomas Mann,
1993 yil. Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi a’zosi Vladimir Kozak
7 iyun
1868 yil. Ingliz arxitektori va dizayneri, makintosh plaщlari yaratuvchisi Sharl Makintosh,
1911 yil. Muhandis, «Harley-Davidson» mototsikllari ixtirochisi Bruks Stivens,
1952 yil. Turk yozuvchisi, 2006 yilgi Nobel mukofoti sohibi Orxan Pamuk,
8 iyun
1625 yil. Italyan astranomi, Saturn yo‘ldoshlarini kashf etgan olim Djovanni Kassini,
1800 yil. Tarixchi, diplomat va shoir Hidoyat Rizoqulixon,
1810 yil. Nemis kompozitori Robert Shuman,
1895 yil. Madridning «Real» futbol klubi sobiq prezidenti va boshqaruvchisi Santyago Bernabeu,
1955 yil. Butunjahon o‘rgimchak to‘ri—internetni ixtiro qilgan olim Ser Tim Berners-Li
9 iyun
1781 yil. Parovoz ixtirochisi Jorj Stefenson,
EFFEKT
1952 yil. O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va sozanda Abduhoshim Ismoilov,
1961 yil. Kanadalik kinoaktyor, “Kelajakka qaytib”, “Amerika prezidenti” kabi filmlarda suratga tushgan Maykl Foks,
1962 yil. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kompozitor Alisher Ikromov,
1963 yil. Taniqli aktyor va rejissyor Jonni Depp,
1978 yil. Mashhur nemis futbolchisi, Germaniya terma jamoasi xujumchisi Miroslav Kloze
10 iyun
1915 yil. 1976 yil adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti bilan taqdirlangan adib Sol Bellou,
1917 yil. Atoqli o‘zbek adibi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad,
1976 yil. O‘zbek estrada xonandasi DJ Piligrim,
11 iyun
1864 nemis kompozitori va direjyori Rixard Shtrauss,
1899 yil. Taniqli yapon adibi, 1968 yilgi Nobel mukofoti sohibi Yasunari Kavabata,
1910 yil. Mashhur fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi Jak-Iv Kusto,
1912 yil. O‘zbekiston xalq artisti Muxtor Ashrafiy
12 iyun
1773 yil. Mashxur bankirlar sulolasi asoschisi Emshel Rotshild,
1924 yil. AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bush,
1942 yil. Nemis vrachi hamda tadqiqotchisi, fiziologiya va meditsina yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan olim Bert Zakmann
13 iyun
1773 yil. Ingliz fizigi, vrach va astranomi Tomas Yung,
1831 yil. Shotland fizigi, elektromagnit maydoni nazariyasini tadqiq qilgan olim Jeyms Klerk Maksvell,
1940 yil. Taniqli bolqonlik aktyor, hindular haqidagi kinofilmlarda bir necha obrazlarni talqin qilgan Goyko Mitich,
1957 yil. Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri Rinat Dasayev,
1986 yil. Yaponiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Keysuke Xonda.
14 iyun
1832 yil. Muhandis, 4 taktli ichki yonuv dvigateli ixtirochisi Nikolaus Avgust Otto,
1868 yil. Vrach, immunolog, 1930 yil Nobel mukofoti bilan taqdirlangan olim Karl Landshteyner.
15 iyun
1755 yil. Iridiy kimyoviy elementini kashf etgan olim Antuan de Fukrua,
1921 yil. Rus xirurg-travmatologi, ortopediya apparati ixtirochisi Gavriil Ilizarov,
1923 yil. O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Hamid Ziyoyev,
1969 yil. Mashhur nemis futbolchisi, Yevropa va jahonning 3 karra eng yaxshi darozaboni deb topilgan Oliver Kan.
16 iyun
1313 yil. Mashhur itayan adibi Jovanni Bokachcho,
1896 yil. Fransuz avtosanoatchisi Jan Pejo,
1910 yil. O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sharif Ramazonov,
1950 yil. Taniqli hind aktyori Mitxun Chakraborti,
1971 yil. Amerikalik mashhur musiqachi Tupak Shakur
17 iyun
1876 yil. Olim, rangli kino va fotografiya asoschisi Sergey Maksimovich,
1911 yil. Rus adibi Viktor Nekrasov,
1928 yil. O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Narimon Murodxo‘jayev.
18 iyun
1845 yil. Fransuz fiziologi, 1907 yilgi Nobel mukofoti sohibi Sharl Lui Alfons Laveran,
1914 yil. Aktyor va rejissyor, Xitoy kinosi asoschilaridan biri Se Tyan,
1931 yil. Braziliyaning 1995—2003 yillardagi prezidenti Fernando Enrike Kardozo,
1942 yil. Qo‘shiqchi, kompozitor, «Bitlz» guruhi a’zosi Pol Makkartni,
1949 yil. Polsha Respublikasining 8-prezidenti Lex Kachinskiy,
1976 yil. Rus estrada artisti, teleboshlovchi Maksim Galkin.
19 iyun
1623 yil. Taniqli fransuz matematigi, fizik va faylasufi Blez Paskal,
1967 yil. Norvegiyalik chang‘i ustasi 8 karra Olimpiyada chempioni Born Deli.
20 iyun
1905 yil. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev,
1919 yil. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Muhammadjon Karimov,
1932 yil. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sayfi Jalil,
1978 yil. Mashhur ingliz futbolchisi, “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Frenk Lempard,
1984 yil. Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoa darvozaboni Ignatiy Nesterov.
21 iyun
1781 yil—zamonaviy matematik fizika asoschisi Simeon Deni Puasson (Siméon-Denis Poisson),
1905 yil—Fransuz faylasuf Jan Pol Sartr (Jean-Paul Sartre),
1910 yil—Rus shoiri va jamoat arbobi Aleksandr Tvardovskiy,
1955 yil—Taniqli fransuz futbolchisi, UYeFAning prezidenti Mishel Platini (Michel François Platini).
22 iyun
1757 yil. Ingliz dengizchisi, Shimoliy Amerika qirg‘oqlarini kashf etgan Jordj Vankuver,
1767 yil. Nemis faylasufi, Berlin universitetiga asos solgan Vilgelm Gumboldt,
1863 yil. Rus fizigi, rentgen spektroskopiya asoschisi Georgiy Vulf,
1887 yil. Ingliz faylasufi, biolog, YuNESKOning birinchi direktori Julian Xaksli,
1898 yil. Nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark,
1913 yil. O‘zbekiston xalq artisti G‘anijon Toshmatov.
23 iyun
1839 yil. Olim, oftoalmologiya sohasining yirik vakillaridan biri Emilian Adamyuk,
1912 yil. Ingliz matematigi, birinchi xisoblash mashinasi yaratuvchisi Alan Matison Tyuring,
1943 yil. O‘zbek adibi Zohir A’lam,
1965 yil. Rus estrada xonandasi Valeriy Meladze,
1972 yil. Mashhur fransuz futbol yulduzi, Madridning “Real” futbol klubi murabbiyi Zayniddin Zidan.
24 iyun
1883 yil. Fizik, Oy nurlari borasidagi tadqiqotlari uchun 1936 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Viktor Gess,
1927 yil. Amerikalik fizik, 1995 yilgi Nobel mukofoti sohibi Martin Perl,
1972 yil. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov,
1975 yil. O‘zbek estrada xonandasi Ravshan Sobirov,
1987 yil. Argentinalik mashhur charm to‘p ustasi, “Barselona” futbol klubi a’zosi Lionel Messi.
25 iyun
1709 yil. Italyan kompozitori va dirijyori, Neopolitan opera maktabi vakili Franchesko Arayya,
1907 yil. Nemis fizigi, 1963 yilgi Nobel mukofoti sohibi Yoxannes Yensen,
1975 yil. Taniqli shahmat ustasi Vladimir Kramnik.
26 iyun
1694 yil. Shved kimyogari, kobaltni kashf etgan olim Georg Brandt,
1819 yil. Beysbol sort turini kashf etgan Ebner Dabldey,
1911 yil. Ingliz muhandisi, birinchi kompyuterlarning xotira tizimini yaratgan Frederik Uilyams,
1968 yil. Taniqli italiyalik futbolchi, dunyoning eng kuchli himoyachilaridan bo‘lgan Paolo Maldini.
27 iyun
1667 yil. Fan rivojiga ulkan xissa matematiklaridan biri Iogann Bernulli,
1838 yil. Nemis konstruktor-qurolsozi Paul Mauzer,
1975 yil. Ameriklik aktyor Tobi Maguayr,
1976 yil. Mashhur ispaniyalik futbol yulduzi Raul Gonsales.
28 iyun
1577 yil. Mashhur flamand rassomi Piter Rubens,
1712 yil. Atoqli fransuz adibi Jan Jak Russo,
1867 yil. Italyalik adib, 1934 yilgi Nobel mukofoti sohibi Luiji Pirandello,
1932 yil. Yapon kinoaktyori Pet Morita.
29 iyun
1793 yil. Ixtirochi, kemalarni harakatlantiruvchi yangi qurilma—eshkakli vint kashfiyotchisi Yozef Ressel,
1858 yil. AQShlik muhandis, Panama kanali qurilishiga boshchilik qilgan Jorj Vashington Gutals,
1900 yil. Mashhur fransuz adibi Antuan de Sent-Ekzyuperi,
1964 yil. Estrada xonandasi Soso Pavliashvili.
30 iyun
1646 yil. Golland vrachi va botanigi Paul German,
1911 yil. Polyak shoiri, 1980 yilgi Nobel mukofoti sohibi Cheslav Milosh,
1966 yil. Dunyo boks olamidagi eng taniqli bokschilardan biri, super og‘ir vaznda ikki karra jahon chempioni Mayk Tayson,
1975 yil. Nemis avtopoygachisi, Fromula-1 musobaqalari qatnashchisi Ralf Shumaxer.