Zamonamizning eng omadli rejissyor va prodyuserlaridan biri Stiven Spilberg 1978 yilda "Uchinchi bosqichdagi yaqin aloqalar" fantastik filmidagi rejissyorlik ishi uchun ilk marta "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, Spilberg televideniyeda muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Shuningdek mavsum xitiga aylangan, ulkan akula ovi haqidagi "Jag‘lar" trillerini yaratgan. Shunisi qiziqki, qachonlardir uni "rejissyorlikka yaroqsizligi uchun" kino maktabiga qabul qilishmagan. 80-yillar Spilbergga omadli kelib, deyarli har yili "Oskar"ga uning nomzodi qo‘yilar edi. "Safsar ranglar" kartinasi esa 1986 yilda 11 nominatsiya bo‘yicha yuksak mukofotga nomzod bo‘lgan, biroq ularning birortasida g‘olib bo‘lish nasib etmagan. 1994 yilda Spilberg, nihoyat, o‘zining birinchi "Oskar"ini qo‘lga kiritdi - u biryo‘la ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘alaba qozondi: "Shindler ro‘yxati" prodyuseri va rejissyori. 1999 yilda "Askar Rayanni qutqarish" harbiy dramasi uchun yana bir "Oskar" mukofotiga munosib ko‘rildi. 2000-yillarda ham bu an’ana davom etdi - Spilbergning nomi muntazam ravishda Amerika kino akademiyasining yuksak mukofoti nomzodlari qatorida qayd etib kelindi, faqat bu safar rejissyor emas, prodyuser sifatida - "Myunxen", "Jangovor tulpor", "Linkoln" va "Josuslar ko‘prigi". 18 dekabr kuni dunyo tan olgan kino arbobi Stiven Spilberg 70 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan "Gazeta.ru" nashri uning fotojamlanmasini taqdim etdi, deb yozmoqda Kun.uz.
"O‘zga sayyoralik" filmi s’yomkalarida
"O‘zga sayyoralik" filmini suratga olish jarayonida 7 yoshli Dryu Berrimor bilan
"Jag‘lar" filmi s’yomkasida
"Indiana Jons" filmi s’yomkalarida
"Yura davri parki" filmi s’yomkalarida
"Askar Rayanni qutqarish" filmi s’yomkalarida
Spilberg Pentagonda
"Shindler ro‘yxati" filmi s’yomkalarida
"Uddasidan chiqsang, meni tutib ol" filmi s’yomkalarida
"Dunyolar jangi" filmi s’yomkalarida
"Linkoln" filmi s’yomkalarida
"Josuslar ko‘prigi" filmi s’yomkalarida
Spilberg ish jarayonida
Spilberg oila davrasida
Spilbergning Shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi