"Mushtlashishni bilmagan erkakning o‘qlanmagan miltiqdan farqi yo‘q" degan iborani ehtimol eshitgandirsiz. Bezorilik uchun mushtlashish – jinoyat, ammo o‘zingizni himoya qilish uchun mushtlashish – san’atdir. Shunday vaqtlar bo‘ladiki, adolat uchun qilingan jangdan ko‘ngil taskin topadi. Shu sababli ham, sizga mushtlashishning sir-asrorlaridan xabar beruvchi video darslarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Bu kanallardagi tavsiya va bilimlarni faqatgina ezgulik yo‘lida ishlating.
Janggoh
"Janggoh" (Fightland) kanali YouTube foydalanuvchilariga mashhur murabbiy Jek Sleksning video darslarini eslatadi. Ingliz yozuvchisi va jang san’ati mutaxassisining "Ring san’ati" seriyasidagi mahorat darslari qo‘rqmas va jasoratli bo‘lishingizga, odil kuch-qudratingizning shakllanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, Kris Vaydman hamda Anderson Silva o‘rtasidagi jang va raqiblarning texnikasi haqidagi lavhani tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Kanalga o‘tish.
Tristar mashq xonasi
https://youtu.be/r25JJ7wxamA
Firas Zahabi Jek Slek kabi mahoratli, shu bilan birga birlashgan jang san’atidan xabardor iste’dodli ustoz. Uning mushtlashuv vaqtida erkakning harakatlanish konsepsiyasini ilmiy sharhlab berishi siz uchun ayni muddao. U Kanadada mashhur Tristar mashq xonasi (Tristar Gym) trenajyorining instruktori. Uning maslahatlari o‘zingizdan ulkan raqibga qarshi mahorat bilan kurashish texnikasini o‘rgatadi. Kanalga o‘tish.
Mahoratli jang
https://youtu.be/qSX0PCQXiO4
Ehtimol, siz odamlarga qarab "yuzimga bir musht solib ko‘ring" deydigan Travni yaxshi tanirsiz. U mana shu videokanalni yuritadi. Odamlar uning iltimosiga binoan qanchalar yuziga musht tushirishga urinmasinlar, buni uddasidan chiqa olishmaydi. Boisi Trav bosh va tanasini shu qadar mahorat bilan boshqara oladiki, unga biror zarar yetmaydi va raqibining harakati zoye ketadi. Shuningdek, video darslarda kerak vaqtda gavdani qayishtirish, qo‘rquvni nazorat qilish bo‘yicha ham ko‘nikmalar beriladi. Kanalga o‘tish.
"JT Van V"
https://youtu.be/R9TFDkN7L-4
Bu siz izlayotgan zarba berish va mushtlashish sirlariga bag‘ishlangan video kanal. Mahoratli murabbiy Jeyson Van sizga kuch-qudratga to‘la musht tushirish sirini o‘rgatadi. U barcha jarayonni mashq asnosida ko‘rsatib beradi va siz ham qo‘shilishib ularni takrorlashingiz mumkin bo‘ladi. U go‘yo sizni taniqli boks ustasi Mayveyzer kabi yengil harakatlar sohibiga aylantiradi. Undan video saboq olishni boshlasangiz, qisqa fursat ichida sizning beo‘xshov harakatlaringiz himoya qurolingizga aylanadi. Kanalga o‘tish.
Baz Ratton
https://youtu.be/79s4Ld_NbjM
Bu mahoratli jang san’ati ustasini ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. U boshqa jang ustozlari kabi ruh va tana o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlash, ruhiy xotirjamlik degan tavsiyalar o‘rniga haqiqiy erkakcha – kezi kelganda qo‘l, oyoq va bosh bilan vaziyatga qarab, o‘xshatib zarba bershni maslahat beradi. Uning fikricha, jang san’atini bilish – bu shunchaki yo‘l-yo‘riq, erkak aslida tabiiy, to‘pori jang qilsagina g‘alabaga erishadi. Uni chaqqon va mardlarcha harakati sizga ham ilhom bag‘ishlashi mumkin. Faqat undan keragida foydalaning. Kanalga o‘tish.
BJJ Skout
https://youtu.be/UZ4Cuk9ZrkM
Siz kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan, Amerikada tanilgan jang san’ati ustasi Dominik Roxelio Krus haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Uning kabi epchil va tezkor texnika sohibi bo‘lishni istasangiz BJJ Skoutning xalqaro videoportaldagi kanalini kuzatib boring. Video kanalda dzyudo sport turi haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishingiz mumkin. Ayniqsa, dars jarayonida barcha harakatlar matnli ko‘rinishda ham sharhlab boriladi. Kanalga o‘tish.
Mushtlashish sirlari
https://youtu.be/dJW4OSydXfQ
Sheyn Fazen olib boradigan "fightTIPS" video kanali jang qilish texnikasiga oid kanallar ichida eng muvaffaqiyatlisi, deyish mumkin. 600 mingdan ziyod tomoshabinga ega kanalda jang vaqtida maqsadli harakatlanish, o‘z-o‘zini himoya qilish sirlari, raqibni o‘rganish va chalg‘itish usullari bayon etiladi. Kanalga o‘tish.
Stefan Kesting
https://youtu.be/CfijjTwI5l0
Jang qilishda eng asosiy e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, brazilcha jang san’atining o‘ziga xosliklari haqida Stefanning "Jang san’ati" kanalida namoyish qilinadi. Jangda kichik hiylalar, jang san’ati texnikasi tushunarli qilib o‘rgatilgani bois, tilni bilmasangiz ham siz tez orada foydali ko‘nikmalarga ega bo‘la boshlaysiz. Kanalga o‘tish.