Bilasizmi?

Shavkat Mirziyoyevga shikoyat qilgan tadbirkor telekanalda chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi tadbirkor Olim Sulaymonovning Bosh vazir va vaqtinchalik prezident Shavkat Mirziyoyevga shikoyat tarzida e’lon qilgan videomyrojaati paydo bo‘lgan edi. Unda Yunusobod tumani soliq idorasi xodimlari undan noqonuniy tarzda pul undirishga uringani tilga olinadi.

"Dilshod degan bola qo‘rqituv yo‘li bilan hisobida pul bor tadbirkorlarni talab kelmoqda", - deydi tadbirkor.

U, shuningdek, meni telekanalga chaqiring, hamma gaplarimni "dokazat" qilib beraman, deydi Mirziyoyevga qilgan murojaatida.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, "O‘zbekiston" telekanalining "Tadbirkorlar teleklubi" ko‘rsatuvi tadbirkorni studiyaga taklif qildi. Ko‘rsatuvda qatnashgan Olim Sulaymonov o‘z boshidan o‘tkazgan ishlarni gapirib berdi. Ko‘rsatuvda qatnashgan prokuratura xodimi uning ishi ko‘rib chiqilishini va qonunbuzarlarga tegishli chora ko‘rilishini bildirdi.

https://www.youtube.com/watch?v=HlxwZKxE2i0&feature=youtu.be