Bilasizmi?

Shavkat Mirziyoyev Osiyoda yil odami deb e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari uyushmasi tomonidan 2018-yil odami deb e’lon qilindi.

"O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyoda tinchlikni qaror toptirish va qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun "siyosat" yo‘nalishi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi", - deb xabar qiladi Janubiy Koreyaning The Korea Times nashri.

Jurnalda qayd etilishicha, Mirziyoyev 2016 yil dekabrda prezident bo‘lganidan buyon, iqtisodni ochishga qaratilgan siyosiy islohotlarni amalga oshirdi hamda siyosiy mahbuslarni ozod etib, inson huquqlari sohasini yaxshilash borasida ijobiy ishlarni amalga oshirdi.

Nashr xabariga ko‘ra, g‘oliblar nomlari uyushma a’zolari va har bir mintaqa vakili tomonidan berilgan baholar va tavsiyalardan so‘ng maxsus xa’yat a’zolari tomonidan e’lon qilingan.

Xabar qilinishicha, taqdirlash marosimi Bosh Assambleyada 2019 yilning bahorida o‘tkaziladi.

G‘oliblar qatoridan LG Group faxriy raisi Ku Bon Mu, taniqli misrlik kardioxirurg Magdi Xabib Yakob va futbol bo‘yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan Solar bor.