Bilasizmi?

Saraton xastaligiga qarshi onkologlar eng ko‘p beradigan 12 ta maslahat

Saraton – zamonaviy kasalliklar orasida uchrayotgan bedavo xastaliklardan biri. Hozircha uni keltirib chiqaradigan omil to‘g‘risida aniq bir xulosa aytilmagan. Ammo saratonni turmush tarzi, oziq-ovqat mahsulotlarida soxta, kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan mahsulotlar, buyumlar va zararli, ifloslangan ekologiya keltirib chiqarayotgani haqida ilmiy qarashlar ilgari suriladi.

2012 yilda jahon miqyosida saraton tufayli haytdan ko‘z yumganlar soni 8.2 millionni tashkil qilgan. Onkolog va ekspertlar fikricha, saraton xastaligining o‘sish ko‘rsatkichlari shu taxlit davom etsa, kelajakda bu ofat hatto yer aholisining 70 foiziga tahdid solishi mumkin. Saratonning har 3 tadan 1 ko‘rinishini erta aniqlash orqali davolash mumkin.

Siz o‘zingiz quyidagi tavsiyalarga tayanib, salomatligingizni ta’minlashingiz, tanada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xastalikni bartarab etishingiz mumkin.

  1. Gazlangan rangli va shirin suvlarni ichishni bugundan to‘xtating. Bu kabi suvlar diabet va semizlik bilan birga, saraton kasalligini ham boshlab keladi. Ayniqsa, qorin bo‘shlig‘i va ichki a’zolarda saratonning kelib chiqish ehtimoli oshadi. Bu ichimliklar odamning semirishiga katta ta’sir o‘tkazishini inobatga olib aytish mumkinki, ular saratondan xastalanish ehtimolini 87 %ga oshiradi.

  1. Jismonan faol bo‘ling. Saraton oyoqda ko‘proq yurib, kamroq o‘tiradiganlarga xavf sola olmaydi. Kun bo‘yi o‘tirish ham ichki saraton xastaliklarini olib kelishi mumkin. Har 40-45 daqiqada turib yurishga odatlaning. Agar televizor ko‘rishga mukkasidan ketgan bo‘lsangiz, bu odatdan asta-sekin voz keching. Televizor qarshisiga mixlanib qolish saratonning xavfini 54 foizga oshiradi. Kun davomida tabiat qo‘ynida, ochiq havoda sayr qiling.

  1. Vazningizni nazorat qiling. To‘g‘ri, hech kim o‘zi xohlab semirmaydi. Vazn odamga nafaqat malol keladi, shu bilan birga salomatlik uchun ham xavfli. Tana og‘irligi indeksi, ya’ni bo‘yingiz va vazningizning bir-biriga muvofiq kelishi juda muhim. Misol uchun, bo‘yingiz 160 sm hamda vazningiz 70 kg bo‘lsa, sizdagi tana vazni indeksi 27.3 bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich 29.9 gacha xavfsiz hisoblanadi. Agar bo‘yingiz 180 sm hamda vazningiz 90 dan oshsa, bu – salomatligingiz xavf ostida degani .

  1. Sog‘lom ovqatlanish. Asosan mevalar va sabzavotlar yeng. Bu tanadagi to‘qimalarning salomatligini ta’minlaydi. Ayniqsa, sellyuloza, lignin va pektin vitaminlariga boy don-dunlardan tayyorlangan taomlarni ko‘proq iste’mol qiling. Mevalarni sotib olishda ehtiyot bo‘ling. Kimyoviy usullarda chiroyli yoki katta hajmga keltirilgan mevalarni iste’mol qilmang. Shuningdek, tayyor tovuq go‘shti yoki grill mahsulotlarini kamroq yeganingiz ma’qul. Unda FDA toksini – saratonga sabab bo‘luvchi zaharli modda mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.

 

  1. Spirtli ichimlik ichishdan voz keching. Ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar iste’mol qilinishi og‘iz va tomoq saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Juda voz kecha olmasangiz, asta-sekin ichishni kamaytiring. Unutmang, aslida hayotdan sog‘lom holda zavqlanib yashash eng katta sarhushlikdir.

stom12

  1. Imkon boricha tuzni ko‘p iste’mol qilmang. Tuz qon va qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hujayralarni zararlashi mumkin.

 

  1. Yosh onalar uchun, ayniqsa yangi tug‘ilgan go‘dagini emizish ham bola, ham ona uchun birdek foydali. Bu saratonning ham oldini oladi. G‘amxo‘r er sifatida turmush o‘rtog‘ingizga bu maslahatni berishni unutmang.

  1. Qo‘shimcha dori-darmon olishni unuting. Uning o‘rniga yaxshi yeb-iching. Qo‘shimcha gormon va dorilar ichki a’zolarning zaharlanishiga olib keladi. Dorini foydasidan zarari ko‘p.

 

  1. D vitaminiga bo‘lgan kundalik ehtiyojni qondiring. Bu vitaminning beminnat manbaasi esa quyoshdir. Quyoshli kunda 15 daqiqa sayr qilish ham saratonning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

 

  1. Tamakidan voz keching. Uning saratonga olib kelishi isbotlangan. Tamaki va sigaret tarkibidagi 4800 xil kimyoviy modda ichki a’zolarni yemirilishiga olib keladi.

  1. Tunda yotoqxonada nurli chiroqlardan foydalanishni bas qiling. Chiroqlar tanadagi biologik soatlarni uyg‘otib, hujayra va to‘qimalarga miriqib dam olgani xalaqit qiladi. Juda bo‘lmasa, xir nurli qizil chiroqchalardan foydalaning, nimqorong‘u xonada dam oling.

  1. Mahalliy vaksinatsiya markazlariga murojaat qilib, saraton infeksiyasining oldini oladigan vaksina oling.

Unutmang, saraton bir kunda paydo bo‘ladigan kasallik emas. Shunday ekan, sog‘lom turmush tarzi salomat yashashning eng ma’qul yo‘li.

Doimo sog‘-salomat bo‘ling!