Bilasizmi?

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Ushbu qaror bilan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etilib, uni faoliyatiga oid tashkiliy tadbirlar, xususan  vazifalari, moliyalashtirish manbalari belgilandi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi, “blokcheyn” texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida qabul qilingan qarorga asosan loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilangandi.