Shu yil 5 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga “Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Farmon loyihasiga ko‘ra, 2018 yil 1 oktyabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi.
Bundan tashqari, 2019 yil 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga oshiriladi.
Ushbu farmon loyihasi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan tayyorlandi.
Muhokama 20 sentyabrda yakunlanadi.