O‘zbekistonni Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha komissiya o‘z ish faoliyatini tikladi. Bu haqda dushanba kuni Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Soxib Saifnazarov ma’lum qildi.
"Tashqi savdo vaziri boshchiligidagi BST bilan ishlaydigan idoralararo komissiya tarkibi tuzildi. Muzokara guruhining rahbar lavozimini belgilash bo‘yicha ish olib borilmoqda", — dedi Saifnazarov Toshkentdagi xalqaro seminarda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jenevada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha ishchi guruhining to‘rtinchi raund yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shuningdek, iqtisodiyotning aniq yo‘nalishlar va sektorlar kesimida BSTga a’zo bo‘lish oqibatlarini baholash bo‘yicha sakkiz guruh tarkiblarini shakllantirish ishlari yakunlanmoqda.
1998 yilda O‘zbekistonni BSTga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha idoralararo ishchi qo‘mitasi tuzilgandi. Keyingi yillarda ishchi guruh faqat 3 martagina yig‘ilish o‘tkazilgan. 2000 yillar o‘rtalarida xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtatilgan.
2017 yil noyabr oyi yakunida Shavkat Mirziyoyev, davlat BSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ish tiklashini ma’lum qilgandi. Shavkat Mirziyoyevning Seulga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida ushbu sohada Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilish "yo‘l xaritasi" imzolangandi.